Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Farzandining tug’ilishiga, homilador ayolning eri norozi bo’lsa ayol qanday yo’l tutishi kerak?

Farzandining tug’ilishiga, homilador ayolning eri norozi bo’lsa ayol qanday yo’l tutishi kerak?

Nashr sanasi: June 9, 2025

Savol :

Opamning uch farzandi bor, hozir esa bir oylik homilador.
Eri: “Tug‘maysan, kerak emas. Tug‘sang ham rozi emasman,” degan.
Men esa: “Rizq Allohdan, tug‘avering,” dedim. Bu uning birinchi aborti emas, beshinchisi.
Ustoz, nima maslahat berasiz?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ayol kishi: “Farzand ko‘raman,” desa, er: “Yo‘q, ko‘rmaysan,” deyishga haqli emas. Farzand – Allohning sizlarga bergan bir sovg‘asi. Allohga tavakkal qilib farzandni dunyoga keltiring. Ehtimol, aynan shu farzand sizlarga oxiratda shafoatchi bo‘lar. Bu dunyoda ham, oxiratda ham sizlarga baraka olib kelar.

Endi, Alloh bergan narsaga nima deyish mumkin — albatta, tug‘ish kerak. Farzand ko‘rish masalasi faqat erning roziligi bilan bo‘ladigan narsa emas.

Ayolning roziligi e’tiborga olinmaydimi? Axir bu farzand uchun erkakdan ko‘ra ayol ko‘proq xizmat qiladi. Qur’onda: “Hamalat-hu ummuhu wahnan ‘ala wahn” — ya’ni onasi uni zaiflik ustiga zaiflik bilan ko‘taradi, deyilgan.

Ayol bola homiladorligining to‘qqiz oyida qancha kuch sarflaydi! Qancha vitamin, qancha kalsiy, boshqa zarur moddalar bolaga o‘tib ketadi. Tishlari to‘kilib ketadi bechora ayollarning, bola tug‘aman deb. Erkaklar esa ba’zida “yana o‘g‘il tug‘mabsan” deb do‘pposhlaydi, xotin qiz tug‘ib kelsa.

Shunday darajada ahmoq odamlar bor. Demoqchimanki, bu masalada huquqlar teng. Ayol kishi: “Farzand ko‘raman,” desa, er: “Yo‘q, ko‘rmaysan,” deyishga haqli emas. Erning noroziligi bu yerda o‘tmaydi.

Shuning uchun men nasihatimni aytaman: farzand tug‘ilsin. Harakat qiling, tug‘ing, rizqi Allohdan. Farzandi ko‘p odamlar ochlikdan o‘lib ketganini ko‘rganmisiz? Hech eshitganmisiz: “10 ta bolali odam bor ekan, ovqat yetmay, bolalaridan biri yoki ikkitasi o‘libdi,” degan gapni? Bunday gap bo‘lmaydi!

Alloh Subhanahu va Taolo bitta farzandga ham rizq beradi, o‘nta farzandga ham. Hatto ota-onasiga ham rizq beradi. Alloh aytadi:
“Nahnu narzuqukum va iyyahum” — “Biz sizlarni ham, ularni ham rizqlantiramiz.”
Yana Qur’onda:
“Wa ma min daabbatin fil ardi illa ‘alallohi rizquha” — “Yer yuzida yurgan har bir jonivorning rizqi Alloh zimmasidadir.”

Hayvon bo‘lsin, parranda bo‘lsin, inson bo‘lsin, jin bo‘lsin, farishta bo‘lsin — barchasining rizqi Allohdan. Alloh har bir jonzotga kuch-quvvat, harakat va energiya beradi.

Farzand masalasida “rizq og‘ir bo‘ladi” deb o‘ylash — bu johillar, dinsizlar va kofirlarning tushunchasi. Mo‘min odam bunday narsani o‘ylamasligi kerak. Rizq Allohdan! U Robbul ‘Alamin, U Ar-Razzaq — rizq beruvchi zot.

Shuning uchun tug‘ing. Ehtimol, aynan shu farzand sizlarga oxiratda shafoatchi bo‘lar. Bu dunyoda ham, oxiratda ham sizlarga baraka olib kelar.

Ayting-chi, hozirgi masala nima? Alloh bir sovg‘a berdi — “Olsammi, olmasammi?” deb o‘ylayapmiz. Beshta sovg‘ani allaqachon tashlab yuborganmiz. Oltinchisini ham tashlaylikmi, yo‘qmi, deb o‘ylayapmiz. Bu qanday savol bo‘ldi? Alloh bergan sovg‘ani tashlab yuboraylikmi, yo‘qmi, deb savol berilsa, nima deyish mumkin?

Allohga tavakkal qiling. Bu yerda erning roziligi umuman ko‘rilmaydi va olinmaydi.

Allohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ayoli kunduzi uxlashini yoqtirmaydigan erkakning savoli.

    July 20, 2025
  • Ayol kishi erining aka-ukalariga aralashishi va eriga aql o‘rgatishi.

    July 20, 2025
  • To‘rtinchi farzand uchun eko qildirish joizmi?

    July 20, 2025
  • Boshiga urib o‘ldirilgan baliqni yesa bo‘ladimi?

    July 20, 2025
  • Ayol kishi odam gavjum joylarda niqob taqib, boshqa payt niqobsiz yursa bo‘ladimi?

    July 19, 2025
  • Yaqinlarga berilgan narsani albatta qaytarish shartmi?

    July 19, 2025