Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ustoz, turk ustozimdan eshitdim: og‘ir kasalga jamoaviy Yosin o‘qish — islomiy jihatdan to‘g‘rimi? Bu bid’atga kirmaydimi?

Ustoz, turk ustozimdan eshitdim: og‘ir kasalga jamoaviy Yosin o‘qish — islomiy jihatdan to‘g‘rimi? Bu bid’atga kirmaydimi?

Nashr sanasi: June 4, 2025

Savol :

Ustoz, turk ustozimdan shuni eshitdim. Agar biror kishi jiddiy kasal bo‘lsa yoki ahvoli og‘ir bo‘lsa, odamlar yig‘ilib, har biri bir martadan Yosin surasini o‘qib, bemor uchun duo qilishar ekan. Aytilishicha, bu bilan bemor shifo topadi. Shu amaliyot islomiy jihatdan to‘g‘rimi? Odamlarning to‘planib o‘qishi shartmi? Bu holat bid’atga kirmaydimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu holat — bid’atdir. Rasululloh ﷺ va sahobalar hech qachon kasal odam uchun Yosin surasini jamoaviy tarzda o‘qib, duo qilishmagan. Hadis zaif, amaliyot sunnatda yo‘q. Dinimizda bo‘lmagan narsani kiritish — zalolatdir. Eng to‘g‘ri yo‘l — Rasululloh ﷺning yo‘llaridir.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu holat — bid’atdir. Ya’ni aynan bid’at bo‘lgan amaldir. Oldingi savollardagi javobimizni bu yerga ham tatbiq qilish mumkin.

Imom Ibn Kasir rahimahulloh Yosin surasining tafsirida «Iqra’ū Yā-Sīn ‘alā mawtākum» (ya’ni: “O‘liklaringizga Yosin o‘qinglar”) degan hadisini keltirgan. Biroq bu hadis zaifdir. Ba’zi ulamolar bu hadisga amal qilgan, lekin bu yerda “mawtākum” so‘zining o‘zi ham muhtamal ma’nodadir — ya’ni “jon berayotgan odam”mi yoki “o‘lib bo‘lgan odam”mi — aniq emas.

Ammo kasal odamga ataylab odamlar yig‘ilib, har biri Yosin o‘qib, keyin alohida duo qilish, uni suvga puflash kabi ishlar — bularning hech biri sunnatda yo‘q. Rasululloh ﷺ bunday ish qilmaganlar, sahobalar ham qilmaganlar. O‘sha davrlarda odamlar kasal bo‘lmaganmi? O‘lim bo‘lmaganmi?

Shariatda bo‘lmagan narsani kiritish — bid’atdir. Dalilsiz kiritilgan amallar bid’at hisoblanadi. Har qanday bid’at — zalolatdir, har qanday zalolat — do‘zaxda tugaydi.

Rasululloh ﷺ aytganlar: “Eng to‘g‘ri yo‘l — Muhammad ﷺning yo‘llaridir. Eng yomon ishlar — keyinchalik kiritilgan bid’at ishlaridir.”

Shuning uchun har bir musulmon uchun eng xavfsiz yo‘l bu — Rasululloh ﷺ qilgan amallar bilan kifoyalanishdir.

Kimki: “Rasululloh qilmagan bo‘lsa ham…” deb gap boshlasa, demak, o‘zi javob berdi: Rasululloh qilmagan — bas, siz ham qilmang. Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Shariatga xilof narsalar ham sotiladigan omborxonada ishlash hukmi.

    April 15, 2026
  • Ruqyada oyat va hadisdan boshqa duo qilsa ham bo‘ladimi?

    April 15, 2026
  • Inson ajalini oldindan sezishi mumkinmi?

    April 13, 2026
  • Tik-tokda video ko‘rishni tashlay olmayotgan do‘stimga nasihat qiling.

    April 13, 2026
  • “Grin karta” o‘ynash ham lotereya kabi harommi?

    April 9, 2026
  • Oylikka ishlaydigan odam ham Allohdan boylik so‘rasa bo‘ladimi?

    April 8, 2026