Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Qurbon Hayiti Oldidan O‘lim Bo‘lsa, Qurbonlikni Tark Etish To‘g‘rimi?

Qurbon Hayiti Oldidan O‘lim Bo‘lsa, Qurbonlikni Tark Etish To‘g‘rimi?

Nashr sanasi: June 1, 2025

Savol :

Ustoz, bizning mahallamizda Qurbon hayiti arafasida biror xonadonda o‘lim bo‘lsa, o‘sha xonadon hayit kuni qurbonlik so‘ymaydi yoki molni boshqalarga berib yuboradi. Bu amaliyot to‘g‘rimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

O‘lim sababli qurbonlikni tark etish — shariatda asosga ega emas. Sahobalar zamonida bunday amal qilinmagan. Qurbonlik ibodat bo‘lib, uni o‘lim tufayli birovga topshirish yoki butunlay tark etish noto‘g‘ri. Shariatga amal qilish kerak, urf-odatga emas.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu ish shariatda asosi bo‘lmagan bir odatdir. Sahobalar yoki salaflardan bunday amal rivoyat qilinmagan. O‘lim hayotning bir bo‘lagi, lekin u Qurbon hayiti kabi ibodatni tark etish uchun sabab bo‘la olmaydi. Qurbonlik — Allohga yaqin bo‘lish uchun bajariladigan muqaddas ibodat. Uni o‘lim sababli birovga topshirish yoki tark qilish shariatda ko‘rsatilmagan.

Shuning uchun, agar xonadonda o‘lim bo‘lgan bo‘lsa ham, qurbonlik qilish joiz va maqbul. Qurbonlik qiladigan kishi imkon topgan bo‘lsa, uni o‘zi bajargani afzal. Bu masalada xalq orasida yurib ketgan noto‘g‘ri urf-odatlarga emas, shariatga ergashish lozim.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026