Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Er uchun o’gay bo’lgan ayolining qiziga er tajovuz qilmoqchi bo’lsa ayoli unga itoat qilishi kerakmi?

Er uchun o’gay bo’lgan ayolining qiziga er tajovuz qilmoqchi bo’lsa ayoli unga itoat qilishi kerakmi?

Nashr sanasi: May 30, 2025

Savol :

Meni anchadan beri qiynab kelayotgan bir dardim bor.
“Erni norozi qilgan ayol jannatning hidini ham hidlay olmaydi”, degan so‘zlarni o‘qir ekanman, dod deb yig‘lagim keladi. O‘zimning qiyomatdagi holatimni tasavvur qilib, yuragim siqilib, kasal bo‘lib qolayapman. Men erimga itoat qilmayman, qilolmayman. Hatto undan qochib ketganman. U esa talog‘imni bermayapti — ikki yildan beri aytmagan so‘zim qolmadi.

Aytingchi, ustoz, shu erkak rozi qilishga loyiq erkakmi? U meni birinchi turmushimdan qolgan qizim bilan birga qabul qilgan edi. Keyin esa qizimga aytishga tilim bormaydigan ishlar qilmoqchi bo‘lgan, tinmay shunga harakat qilgan. Qizim qo‘rqqanidan uch yil davomida bu voqeani mendan yashirib yurgan. Men esa bilmaganman va musulmon ayol sifatida itoat qilinishi lozim bo‘lgan barcha ishlarida unga itoat qilganman.

Bu ishni eshitganimdan keyin ham unga itoat qilishim kerakmi? Qalbim bunga aslo yo‘l qo‘ymaydi. Shuning uchun undan hijrat qilib, chiqib ketdim. Hozir bu yerda ham tinmay men bilan aloqa qilishga harakat qilyapti.

Xullas, savolim shuki: unga itoat etmasdan Allohning g‘azabiga uchramaymanmi? Talog‘imni ololmayapman, baribir unga risoladagidek xotin bo‘la olmayman. Sizning maslahatingiz menga hozir havodek zarur.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Umumiy nuqtai nazardan qaraydigan bo‘lsak,Sizning qizingizga nopok niyatda yondashgan bo‘lsa va bunga harakat qilgan bo‘lsa, u fosiq va buzuq kishi hisoblanadi. Bunday odam bilan yashash shar’an ma’qul emas. Ammo baribir orada nikoh mavjud — bu nikohni rasmiy tarzda bekor qilish zarur. Agar u taloq bermayotgan bo‘lsa, sizning valiylaringiz — otangiz, akalaringiz yoki yaqin erkak qarindoshlaringiz — u odamga bosim o‘tkazib taloq berishga majbur qilishlari kerak.

Bismillah, alhamdulillah va sallatu vas-salamu ‘ala Rasulillah, amma ba’d.

Bu xos holat bo‘lib, unda aniq fatvo berish uchun yanada batafsil tafsilotlar va holatlarni bilish kerak bo‘ladi. Lekin siz aytib o‘tgan holatga umumiy nuqtai nazardan qaraydigan bo‘lsak, bunday erkak bilan yashash to‘g‘ri emas. Chunki u sizning qizingizga nopok niyatda yondashgan bo‘lsa va bunga harakat qilgan bo‘lsa, u fosiq va buzuq kishi hisoblanadi. Bunday odam bilan yashash shar’an ma’qul emas.

Ammo baribir orada nikoh mavjud — bu nikohni rasmiy tarzda bekor qilish zarur.

Siz hatto undan qochib ketgansiz, bu o‘zingizni himoya qilish uchun haqli bir holat. Lekin halollik bilan ajralish kerak. Talog‘ni olish kerak. Agar u taloq bermayotgan bo‘lsa, sizning valiylaringiz — otangiz, akalaringiz yoki yaqin erkak qarindoshlaringiz — u odamga bosim o‘tkazishlari kerak: “Talog‘ini ber, aks holda qonuniy choralar ko‘ramiz”, deyishlari lozim. Shunda u taloq berishga majbur bo‘ladi.

Bu yo‘l orqali siz halol ajralishni amalga oshiring. Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026