Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Yaxshi ko‘rgan odami bilan qiyomatda birga bo‘lish

Yaxshi ko‘rgan odami bilan qiyomatda birga bo‘lish

Nashr sanasi: May 30, 2025

Savol :

Ustoz, mo’min banda bir odamni yaxshi ko‘rsa, lekin u odam uni tanimasa yoki bilmasa, qiyomatda ular birga bo‘ladimi? Masalan, biz sizni Alloh uchun yaxshi ko‘ramiz, lekin siz bizni tanimaysiz. Iltimos, shu masalani tushuntirib bersangiz.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Rasululloh sollallohu ‘alayhi vasallam aytganlar: “Al-mar’u ma’a man ahabba.” “Kishi yaxshi ko‘rgan kishisi bilan bo‘ladi.” Alloh taolo bizni dunyoda bir-birini Alloh uchun yaxshi ko‘ruvchi bandalar qilganidek, oxiratda ham hammamizni Firdavs jannatlarida birga qilsin. Allohumma Omin.

Bismillah, alhamdulillah, wassalatu wassalamu ‘ala Rasulillah, amma ba’d.

Bir kuni sahobalar Rasululloh sollallohu ‘alayhi vasallamdan so‘rashdi:
“Ey Rasululloh, biz sizni yaxshi ko‘ramiz. Mana, hozir siz bilan birga davralarda o‘tiribmiz. Qiyomat kuni bo‘lganda, siz payg‘ambarlar bilan boshqa oliy maqomlarda bo‘lasiz, biz esa sizdan ajralib qolamizmi? Qiyomatda sizni ko‘rmay qolamizmi?”

Shunda Rasululloh sollallohu ‘alayhi vasallam aytdilar:
“Al-mar’u ma’a man ahabba.”
“Kishi yaxshi ko‘rgan kishisi bilan bo‘ladi.”

Bu gapni eshitgan sahobalar aytishdiki:
“Bizni Rasululloh sollallohu ‘alayhi vasallamning shu so‘zlarichalik hech bir narsa xursand qilmagan edi.”

Demak, kim Rasulullohni chin dildan yaxshi ko‘rgan bo‘lsa, u kishi qiyomatda Rasululloh bilan birga bo‘ladi, in shaa Alloh. Alloh taolo hammamizni yaxshi ko‘rsin. Sizlarni va Alloh uchun yaxshi ko‘rgan kishilarni ham Alloh taolo o‘zi yaxshi ko‘rsin.

Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu aytganlaridek:
“Robbim odamlarni bizni yaxshi ko‘rishga undagan, qalblarini biz tomonga burib qo‘ygan bo‘lsa-da, ular bizdagi yomonlik va kamchiliklarni bilmaydilar. Shuning uchun, Allohim, ular o‘ylaganidan ham yaxshiroq qilib qo‘ygin bizni”, deb duo qilgan ekanlar.

Shunday qilib, Alloh taolo bizni dunyoda bir-birini Alloh uchun yaxshi ko‘ruvchi bandalar qilganidek, oxiratda ham hammamizni Firdavs jannatlarida birga qilsin. Allohumma Omin.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Sotilgan chiptalardan tushgan bonuslar evaziga boshqa insonlarga chipta olib bersa bo’ladimi?

    October 10, 2025
  • Qarzga pul so‘rash o‘rniga muddatli to‘lovga mashina oldirish haqida savol.

    October 7, 2025
  • Yoshligida yigitlar bilan gaplashgan qizlar erga tekkach bu ishini aytishi kerakmi?

    October 7, 2025
  • Emizikli boladan ortgan ovqatni otasi yesa bo‘lmaydimi?

    October 7, 2025
  • Otasi urushqoq xo‘roz yetishtirib sotadigan yigitning savoli.

    October 6, 2025
  • Noila deb ism qo‘yish hukmi.

    October 6, 2025