Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >“Yo Alloh, qiyomat kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning shafoatlaridan nasib qil”, deb duo qilish mumkinmi?

“Yo Alloh, qiyomat kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning shafoatlaridan nasib qil”, deb duo qilish mumkinmi?

Nashr sanasi: May 27, 2025

Savol :

Ustoz, “Yo Alloh, qiyomat kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning shafoatlaridan nasib qil”, deb duo qilish mumkinmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

“Yo Alloh, meni Rasulullohning shafoatlariga dohil qilgin”, deb so‘ralsa — bu Allohga qilinadigan duo hisoblanadi va joizdir.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bo‘ladi, bu duo joiz. Chunki siz Allohdan so‘rayapsiz. “Ey Rasululloh, bizga shafoat qiling”, deb so‘ralsa — bu noto‘g‘ri bo‘ladi, chunki bu Rasulullohga duo qilishga kiradi. Ammo “Yo Alloh, meni Rasulullohning shafoatlariga dohil qilgin”, deb so‘ralsa — bu Allohga qilinadigan duo hisoblanadi va joizdir.

Alloh taolo Qur’onda aytadi: “Qul lillāhi ash-shafā‘atu jamī‘ā” — “Ayting: butun shafoat faqat Allohnikidir” (Zumar, 44).

Demak, shafoatni faqat Alloh beradi, va uni Undan so‘rash mumkin. Shuning uchun bu duoda hech qanday zarar yoki xatolik yo‘q.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026