Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Zamonni so’ksa Allohga ozor bergan bo’ladimi?

Zamonni so’ksa Allohga ozor bergan bo’ladimi?

Nashr sanasi: May 25, 2025

Savol :

Ustoz, ulamolarning “Kim zamonni so‘ksa, Allohga ozor bergan bo‘ladi” degan so‘zlarini sharhlab bersangiz.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu hadisi qudsiydir. Rasululloh ﷺ Alloh taolodan rivoyat qilib shunday deganlar: “Ibn Odam zamonni so‘kadi. Holbuki, men zamonman”. Koinotda sodir bo‘layotgan barcha voqealar Alloh Subhānahu va taoloning boshqaruvi bilan ro‘y beradi. Shuning uchun, koinotdagi ishlarni yomonlash, so‘kish Allohga ozor berganlik hisoblanadi. Mo‘min odam Alloh taoloning qazo va qadariga rozi bo‘lishi kerak.

Bismillah, alhamdulillāh, vassalātu vassalāmu ‘alā rasūlillāh, ammā ba’d.

Bu ulamolarning gapi emas, balki bu hadisi qudsiydir. Rasululloh ﷺ Alloh taolodan rivoyat qilib shunday deganlar:

“Ibn Odam zamonni so‘kadi. Holbuki, men zamonman.”
(Ya’ni) Alloh taolo dedi: “Odam bolasi menga ozor berdi. U zamonni so‘kdi. Men esa zamonman. Kecha va kunduzni men aylantiraman.”

Ya’ni bu yerda “men zamonman” deganida Alloh taolo zamon ustidan qudratli zot ekani nazarda tutilgan. Kecha-yu kunduzni aylantirish, zamondagi harakatlarni boshqarish — barchasi Allohning qo‘lidadir.

Koinotda sodir bo‘layotgan barcha voqealar — shamol esishi, o‘simliklar ko‘karishi, yomg‘ir yog‘ishi, insonning tug‘ilishi va o‘lishi — barchasi Alloh Subhānahu va taoloning boshqaruvi bilan ro‘y bermoqda.

Shuning uchun, koinotdagi ishlarni yomonlash, so‘kish — Allohning ishlarini so‘kish bo‘ladi. Bu esa Allohga ozor berganlik hisoblanadi. Masalan:
“Bu shamol jonimga tegdi, bezor qildi,” degan odam aslida Allohning yaratgan ishini yomonlagan bo‘ladi.
Yoki kimdir issiqdan shikoyat qilib, uni so‘ksa — bu ham Allohning ishi ustidan norozilik bildirgan bo‘ladi. Arablarning johiliyat davrida shunday odatlari bo‘lgan: zamonni, kunlarni, fasllarni so‘kishgan.

Masalan:
“Bu zamon yomon,”
“Hayot og‘ir,”
“Kunlar yomon bo‘lib qoldi,” — kabi iboralar bilan kunlarni yoki zamonni yomonlashadi. Bu esa Allohning yaratgan hayotini yomonlash bo‘ladi.

Shuning uchun mo‘min odam bu masalada juda ham e’tiborli bo‘lishi kerak.

Bu koinotda sodir bo‘layotgan har bir ish Allohning qazo va qadari bilan sodir bo‘ladi. Mo‘min odam iymonning oltinchi sharti sifatida qazo va qadarga — yaxshiligiga ham, yomonligiga ham iymon keltiradi.

Biz Alloh taoloning qazo va qadariga rozi bo‘lishimiz, taslim bo‘lishimiz kerak. Alloh nimaga rozi bo‘lsa, biz o‘sha ishni qilishga intilishimiz kerak.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ikki bolasi bor ayol “ortiq tug‘mayman” deyishga haqqi bormi?

    November 28, 2025
  • Farzandlar orasida yaxshi ko‘rishda ham adolat qilish kerakmi?

    November 28, 2025
  • Har qanday sabab natija olib keladimi?

    November 27, 2025
  • Ona bolasining nafaqa pulini ehson qilsa bo‘ladimi?

    November 26, 2025
  • Bolalar jonli narsalar rasmini bo‘yasa bo‘ladimi?

    November 8, 2025
  • Mijozlar kartaga pul o‘tkazsa, dollar kursiga 50 so‘m qo‘shib hisoblash hukmi.

    October 31, 2025