Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Qadar >Qadar haqida

Qadar haqida

Nashr sanasi: May 25, 2025

Savol :

Ustoz, qadar haqidagi darslaringizni eshitdim. Ammo bir savol paydo bo‘ldi. Kahf surasida Muso (alayhissalom) va Xizr (alayhissalom) voqeasida Xizr bir bolani o‘ldiradi. Sababini so‘raganida, “kelajakda u ota-onasiga azob yetkazadigan, kofir bo‘ladigan bola edi”, deydi. Shunday ekan, u bolaning taqdirida kofir bo‘lishi yozilganmi, yoki faqat Xizr alayhissalom tomonidan o‘ldirilishi yozilganmi? O‘ldirilishi yozilganini bilamiz — chunki voqea sodir bo‘ldi. Ammo “agar yashaganida kofir bo‘lardi” degan iborani qanday tushunaylik?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu voqeada Xizr (alayhissalom) Allohning vahiy bilan amr qilgan ishlarini bajargan. U voqealarning oxirida aytadi: “Men bu ishlarni o‘zimcha qilganim yo‘q” — ya’ni bular Allohning buyrug‘i bilan sodir bo‘lgan. Demak, bolaning o‘ldirilishi ham, uning qisqa umri ham, hammasi qadar (taqdir) bilan bo‘lgan.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu voqeada Xizr (alayhissalom) Allohning vahiy bilan amr qilgan ishlarini bajargan. U voqealarning oxirida aytadi: “Men bu ishlarni o‘zimcha qilganim yo‘q” — ya’ni bular Allohning buyrug‘i bilan sodir bo‘lgan. Demak, bolaning o‘ldirilishi ham, uning qisqa umri ham, hammasi qadar (taqdir) bilan bo‘lgan.

U bola haqida rivoyatlarda “kofir bo‘lib yaratilgan edi” degan ibora kelgan. Ya’ni u hayotda qolganida, ota-onasini imondan qaytaradigan, musibatga soladigan darajada kufrga ketadigan edi. Alloh taolo uni barvaqt olib, ota-onasini himoya qildi.

Bu yerda esda tutish kerak: Alloh har narsani bilguvchi — “agar yashaganida nima bo‘lardi” degan narsani ham biladi. Shuning uchun Alloh taolo u bola hayotda qolsa, qanday yo‘l tutishini bilib, rahmati ila uni barvaqt olib qo‘ydi. Bu holat — Allohning ilmi va hikmati bilan qilingan amaldir.

Taqdirda esa ikki holat yozilgan edi:

  1. Bolaning Xizr tomonidan o‘ldirilishi.

  2. Agar yashasa, qanday inson bo‘lishi.

Demak, Allohning ilmida bu bola agar yashasa — kufrga ketardi, ota-onasiga zarar yetkazardi. Shuning uchun Alloh uni barvaqt olib qo‘ydi. Bu orqali ota-onasiga rahmat qildi va ularga solih farzand ato etdi.

Xulosa:
– Bolaning o‘ldirilishi – qadar.
– Uning kufrga ketishi ham – Allohning ilgari bilgan ilmiga asoslangan.
– Alloh hech bir ishni behikmat qilmaydi.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ustoz, turk ustozimdan eshitdim: og‘ir kasalga jamoaviy Yosin o‘qish — islomiy jihatdan to‘g‘rimi? Bu bid’atga kirmaydimi?

    June 4, 2025
  • Mayyit uchun Mulk surasini 70 marta o‘qish sahih amallardanmi? Nima foydaliroq?

    June 4, 2025
  • Surani o’qishni bilmaganlar bu suraning audio yozuvini eshitsalar buning ham ajri boladimi?

    June 1, 2025
  • Avval arab tilini o‘rgangan ma’qulmi yoki Qur’onni yodlaganmi?

    May 29, 2025
  • Baqarani o‘zi o‘qimasa ham, telefon orqali eshittirish shaytonlardan himoya bo‘ladimi?

    May 26, 2025
  • Vaqtini chegaralamasdan “Qur’onni 15 marta xatm qilaman” deb nazir qilgan edim vaqtim bo’lganida xatm qilsam bo’ladimi?

    May 25, 2025