Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ayol erining o‘qish uchun bergan pulini boshqa ehtiyojlariga ishlatsa, bu xiyonatmi?

Ayol erining o‘qish uchun bergan pulini boshqa ehtiyojlariga ishlatsa, bu xiyonatmi?

Nashr sanasi: May 24, 2025

Savol :

Bir ayolning eri unga o‘qishiga to‘lov qilsin deb pul bersa, lekin o‘qituvchi bu oyda pul olmasa, o‘sha pulni eriga aytmasdan boshqa ehtiyojlariga ishlatsa, bu xiyonat hisoblanadimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ha, bunday holatda ayol bu haqida eriga aytishi kerak, chunki pul aniq maqsad – o‘qish uchun ajratilgan. O‘qituvchi pul olmagan bo‘lsa, ayol bu haqida eriga ochiq xabar berishi kerak. Aks holda, bu ishonchga xiyonat hisoblanadi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Ha, bunday holatda ayol bu haqida eriga aytishi kerak, chunki pul aniq maqsad – o‘qish uchun ajratilgan. O‘qituvchi pul olmagan bo‘lsa, ayol bu haqida eriga ochiq xabar berishi kerak. Aks holda, bu ishonchga xiyonat hisoblanadi.

Agar er keyinchalik bu holatni bilib qolsa, “Sen meni aldabsan”, deb xafa bo‘lishi, hatto gumon qilishga boshlashi mumkin. Oila orasida ishonch juda muhim. Ayol yashirib harakat qilsa, demak, o‘zi ham bu ishda noaniqlik borligini bilgan bo‘ladi. Shuning uchun, pul o‘z vaqtida ishlatilmasa yoki kerak bo‘lmasa, bu haqida ochiqcha aytilgani afzal.

Oila ichida shubha, yashirincha ishlatish, ishonchni zaiflashtiradi. Shuning uchun har bir masalada er-xotin o‘zaro ochiq va halol bo‘lishi, ishni bir-biriga xabar berib turishi kerak.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026