Ustoz, men anchadan beri ilm olishga harakat qilaman, lekin otam bunga qarshilik qiladi.
Otam ichkilikka biroz ruju qo‘ygan. U kishi: “Men ichsam, sen ilm o‘qisang, odamlar nima deydi?” — deydi. Yana ba’zilar: “Ilm olib, adashib ketganlar ham bor”, — deb aytadi. Men esa shunday deyman: ilm olganlar emas, balki ilm olmaganlar adashib ketadi.
Ustoz, agar otamdan yashirib ilm olsam, oq bo‘lib qolmaymanmi? Otamning haqqiga duo qilib qo‘ysangiz, Alloh uni to‘g‘ri yo‘lga boshlasin.
Ichkilikka ruju qo‘ygan otaning ilm olmaslik to’g’risidagi o’g’liga qilgan maslahatiga amal qilmasa bo’ladimi?
Savol :
Javob :
Allohga itoat qilish yo‘lida bo‘lgan ishlar ota-ona rozi bo‘lsa ham, bo‘lmasa ham davom ettiriladi. Chunki Allohning buyrug‘i ustundir. Ilm — bu dunyoda fitnadan, qabrda azobdan, oxiratda do‘zaxdan saqlovchi vositadir. Siz ham otangizga duo qiling: Alloh taolo o‘zi insof bersin, tavfiq bersin.
Maqola foydali bo’ldimi?
0