Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ayol kishi o’zi ochgan ayollardan iborat guruhga foydali maslahatlarni ovozli jo’natmoqchi bo’lsa, eri rozi bo’lmasa, eriga itoat qilishi kerakmi?

Ayol kishi o’zi ochgan ayollardan iborat guruhga foydali maslahatlarni ovozli jo’natmoqchi bo’lsa, eri rozi bo’lmasa, eriga itoat qilishi kerakmi?

Nashr sanasi: May 22, 2025

Savol :

Ustoz, men dietologiya sohasida o’qidim. Uyda o’tirib, telefon orqali faqat ayollardan iborat guruh ochib, to’g’ri ovqatlanish va ozish bo’yicha dars o’tmoqchi edim. Ammo erim bu guruhga ovozli xabar yuborishimga qarshi. Xabarlarni qo‘lda yozib chiqish esa ko‘p vaqt oladi.

“Ovoz avrat emas-ku”, desam, “yo‘q, avrat”, deydi. Bu haqida ko‘p surishtirdim, izlandim, lekin hammada har xil fikr. Ustoz, ayolning ovozi avratmi? Axir men bekorchilik uchun emas, balki odamlarga foyda yetkazish, kimningdir sog‘lig‘ini yaxshilash va sog‘lom hayotga yo‘naltirish maqsadida gapirmoqchiman.

Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam: “Dinda haddan oshmanglar”, deganlar-ku.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar bu ovozda muloyimlik bo‘lib, erkaklarni o‘ziga jalb qilsa, fitnaga sabab bo‘lsa, bu harom hisoblanadi. Ayol kishi uchun birinchi navbatda Alloh taolo farz qilgan amallarni bajarish lozim, keyin esa erining roziligini olish kerak. Shuning uchun siz uchun erga itoat qilish vojib bo‘ladi.

Bismillah, alhamdulillah, wassalatu wassalamu ‘ala Rasulillah, amma ba’d:

Avvalo, ayolning ovozi haqida aytadigan bo‘lsak, u avrat emas. Biroq, agar bu ovozda muloyimlik bo‘lib, erkaklarni o‘ziga jalb qilsa, fitnaga sabab bo‘lsa, bu harom hisoblanadi.

Aks holda, ayolning ovozidan foydalanish harom emas. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam zamonlarida ayollar kelib, ul zotga savollar berishar edi. Boshqa erkaklar ham masjiddagi bu savol-javoblarni eshitishar edi. Demak, ayolning ovozi o‘zi avrat emas.

Ammo ovozini jilvali, ishvalik qilib, erkakni fitnaga soladigan tarzda yumshatib gapirsa — mana bu harom bo‘ladi. Ayol shunday guruhlar ochib, ummatga foydali, shar’iy chegaralardan chiqmagan tarzda xizmat qilsa — bu joiz hisoblanadi.

Odamlarga to‘g‘ri ovqatlanishni o‘rgatish — hozirgi kunda juda kerakli va foydali ish. Juda ko‘p insonlar bu borada muhtoj. Ortiqcha vazn, noto‘g‘ri ovqatlanish kabi muammolar keng tarqalgan. Shuning uchun bu sohada foydali maslahatlar berish zarur va savobli.

Shu maqsadda ummatga xizmat qilish — yaxshi ish. Lekin “foyda kelyapti-ku” deb, erning roziligini pisand qilmaslik to‘g‘ri emas. Masalan, namoz o‘qiyman desangiz, eringiz “o‘qima” desa, bu yerda uning haqqi yo‘q — siz o‘qishingiz shart. Chunki bu Allohning farzi.

Hijob o‘rash masalasida ham shunday — bu Allohning buyrug‘i. Ammo siz qilmoqchi bo‘lgan ish — nafl va ixtiyoriy bo‘lgani sababli, albatta erning roziligi bilan bo‘lishi kerak.

Ayol kishi uchun birinchi navbatda Alloh taolo farz qilgan amallarni bajarish lozim, keyin esa erining roziligini olish kerak. Nafl ro‘za tutish, umra yoki nafl hajga borish masalalarida ham erdan ruxsat so‘raladi.

Uyga erining yoqtirmagan kishisini kiritish ham mumkin emas. Shunday ekan, butun ommaga chiqib, ovoz orqali murojaat qilish uchun ham albatta erining roziligi kerak. Bu — ishning haromligi sababli emas, balki erning rashk va g‘amxo‘rlik tuyg‘usi sabab bo‘lishi mumkin. Ba’zi erkaklar xotinining ovozini begonalarning qulog‘ida yangrab yurishini xohlamasligi tabiiy.

Agar shunday bo‘lsa, siz uchun erga itoat qilish vojib bo‘ladi.

Xulosa: ayolning ovozi avrat emas. Biroq, erkakni fitnaga soladigan tarzda jilvalanib gapirilsa — harom. Shuningdek, bu kabi ishlarda erning roziligi ham muhim ahamiyatga ega.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ustoz, turk ustozimdan eshitdim: og‘ir kasalga jamoaviy Yosin o‘qish — islomiy jihatdan to‘g‘rimi? Bu bid’atga kirmaydimi?

    June 4, 2025
  • Mahramsiz safarga chiqish shar’an joizmi?

    June 4, 2025
  • Namoz o‘qimaydigan odamga salom bermasa bo‘ladimi?

    June 4, 2025
  • Ovqatdan soch tolasi chiqishi va ovqat pishirgan kishini malomat qilishish haqida.

    June 4, 2025
  • Qaynota kelinga mahrammi? Uning oldida ro‘molsiz yurish va yolg‘iz qolish mumkinmi?

    June 3, 2025
  • Erkak kishi ayolining soliha dugonalaridan ajratishi joizmi?

    June 3, 2025