Bir yil oldin tanishimga uyimni 280 000 dollarga sotgan edim. Pulni bir yil ichida to‘lashga kelishgan edik. Ammo bir yil o‘tgach, u to‘liq pulni bermadi — faqat 100 000 dollar berdi, qolgan 180 000 dollarni keyingi yil to‘lashini aytdi. Men bunga rozi bo‘lmadim. Shunda u: “Unday bo‘lsa, uyingizni qaytarib beraman, bir yil yashaganim uchun sizga 12 000 dollar ijara to‘layman”, dedi. Men bunga ham ko‘nmadim, chunki uy narxi tushib ketgan va men zarar ko‘raman. Bu holatdagi shariat hukmi qanday?
Uyni bir yil oldin sotganman, lekin hanuzgacha pulni to‘liq bermagan.
Savol :
Javob :
Siz sotuvchi sifatida uy narxini kelishgan holda (280 000$) sotuvni amalga oshirgansiz, va ikki tomon kelishib, bir-biridan ajralgach, ya’ni bay’ (savdo) amalga oshgach — bu lozim bay’ hisoblanadi. Ya’ni bu shartnoma orqaga qaytmaydi, ikkala tomon ham uni bir tomonlama bekor qilishga haqli emas, agar ikkovlari rozi bo‘lmasa.
Maqola foydali bo’ldimi?
0