Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >O‘g‘il farzand tug‘ilganda unga atalgan oltinlarni sadaqa qilish.

O‘g‘il farzand tug‘ilganda unga atalgan oltinlarni sadaqa qilish.

Nashr sanasi: May 19, 2025

Savol :

O‘g‘il farzandim tug‘ilganda unga taqilgan oltinlarni sadaqa qilsam bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu oltinlarning asl egasi kimligi. Urf, niyat va berilgan paytdagi ifodalar shunga dalolat qilsa, hukm ham shunga qarab belgilanadi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar bu oltinlar farzandingizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri berilgan bo‘lsa — ya’ni “bolaga atalgan” deyilgan yoki shunday urf bo‘lsa — u holda bu oltinlar bolaning mulki hisoblanadi. Boshqalarning, ayniqsa bolalarning mulkini esa ota-ona o‘z xohishicha sadaqa qila olmaydi.

Ammo agar bu oltinlar urf bo‘yicha oilaga, ayniqsa ota-onaga atalgan bo‘lsa, yoki atalgan tomon aniq emas va uni ishlatish ixtiyori ota-onada bo‘lsa, bu holatda sadaqa qilish joiz bo‘ladi.

Demak, muhim jihat — bu oltinlarning asl egasi kimligi. Urf, niyat va berilgan paytdagi ifodalar shunga dalolat qilsa, hukm ham shunga qarab belgilanadi.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Sotilgan chiptalardan tushgan bonuslar evaziga boshqa insonlarga chipta olib bersa bo’ladimi?

    October 10, 2025
  • Qarzga pul so‘rash o‘rniga muddatli to‘lovga mashina oldirish haqida savol.

    October 7, 2025
  • Yoshligida yigitlar bilan gaplashgan qizlar erga tekkach bu ishini aytishi kerakmi?

    October 7, 2025
  • Emizikli boladan ortgan ovqatni otasi yesa bo‘lmaydimi?

    October 7, 2025
  • Otasi urushqoq xo‘roz yetishtirib sotadigan yigitning savoli.

    October 6, 2025
  • Noila deb ism qo‘yish hukmi.

    October 6, 2025