Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Agar homila erta tug‘ilib vafot etsa, Qiyomatda ota-onasiga shafoatchi bo‘ladimi?

Agar homila erta tug‘ilib vafot etsa, Qiyomatda ota-onasiga shafoatchi bo‘ladimi?

Nashr sanasi: May 19, 2025

Savol :

Ustoz, mening 6 oylik homilam tug‘ilib, 1 kun yashab vafot etdi. Keyin yana homilador bo‘ldim — bu safar 4,5 oylik homilam erta tug‘ilib vafot etdi. Shu ikki farzandim jannatga kirishimga sabab bo‘ladi deb umid qilsam bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Albatta, in shā Alloh, bunday farzandlar sizga oxiratda do‘zaxdan satr (to‘siq) bo‘ladi degan umid qilinadi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Albatta, in shā Alloh, bunday farzandlar sizga oxiratda do‘zaxdan satr (to‘siq) bo‘ladi degan umid qilinadi. Chunki homila to‘rt oylik (120 kun) bo‘lgach, unga ruh puflanadi. Ruh puflangandan keyin u bola shaxs sifatida e’tiborga olinadi. Uni o‘ldirish harom bo‘ladi, chunki u endi inson maqomiga kiradi.

Payg‘ambarimiz ﷺ sahih hadislarda bunday bolalar haqida aytganlar:

“Agar bir kishining uchta farzandi vafot etsa, sabr qilsa, bu unga do‘zaxdan to‘siq bo‘ladi.”

Sahobalardan biri: “Ikkita bo‘lsa-chi?” deb so‘raganida, Nabiy ﷺ:

“Ikkita bo‘lsa ham.” — deb javob berganlar.
Sahobiy aytgan: “Agar bitta bo‘lsa-chi?” deb so‘raganimizda, Rasululloh ﷺ balki:
“Bitta bo‘lsa ham,” — degan bo‘lardilar.

Sizning holatingizda esa, ikki farzand ruh puflanganidan keyin dunyoga kelgan va vafot etgan. Shuning uchun ajru savobga umid qilishingiz joiz, va Allohdan ularga vosita bo‘lishini umid qilish mumkin.

Alloh taolodan sizga sabr va mukammal ajrlar berishini so‘raymiz.
Allohumma āmīn.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Sotilgan chiptalardan tushgan bonuslar evaziga boshqa insonlarga chipta olib bersa bo’ladimi?

    October 10, 2025
  • Qarzga pul so‘rash o‘rniga muddatli to‘lovga mashina oldirish haqida savol.

    October 7, 2025
  • Yoshligida yigitlar bilan gaplashgan qizlar erga tekkach bu ishini aytishi kerakmi?

    October 7, 2025
  • Emizikli boladan ortgan ovqatni otasi yesa bo‘lmaydimi?

    October 7, 2025
  • Otasi urushqoq xo‘roz yetishtirib sotadigan yigitning savoli.

    October 6, 2025
  • Noila deb ism qo‘yish hukmi.

    October 6, 2025