Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ayol erini yoki er ayolini farzandlari oldida quchoqlashi yoki yuzidan o‘pishi mumkinmi?

Ayol erini yoki er ayolini farzandlari oldida quchoqlashi yoki yuzidan o‘pishi mumkinmi?

Nashr sanasi: May 15, 2025

Savol :

Ustoz, ayol erini yoki er ayolini farzandlari oldida quchoqlashi yoki yuzidan o‘pishi mumkinmi? Farzandlarimiz 4 va 6 yoshda. Erim bu ishga qarshi, “farzandlar buzilishi mumkin,” deydi. Ammo ayolim bir ahli ilm bu ishga rag‘bat berganini eshitgan ekan. Bu holatda qanday yo‘l tutish to‘g‘ri?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Kichik yoshdagi farzandlar oldida er-xotinning haddan oshgan yaqinliklari — hatto quchoqlashish yoki o‘pish bo‘lsa ham — biroz cheklangan va o‘ringa qarab bo‘lishi afzal.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Farzand tarbiyasida hayo juda muhim jihatdir. Ota-ona — bola uchun birinchi ustoz va doimiy namuna. Bola ko‘rgan narsasini yod oladi, va keyinchalik o‘sha ko‘rganini tabiiy deb qabul qiladi.

To‘g‘ri, o‘zaro muhabbat va mehr ko‘rsatish o‘z-o‘zidan yomon emas. Lekin bu mehrni qanday ifodalash, qachon va qayerda ko‘rsatish tarbiya mezonlariga bog‘liq. Agar farzandlar kichik bo‘lsa (ayniqsa 4–6 yoshda), ota-ona o‘zaro quchoqlashish yoki yuzdan o‘pish kabi yaqinliklarini ularning oldida doimiy ravishda ko‘rsatishi — bola uchun hayo hissini pasaytirishi, hattoki unga nomaqbul odatlar eshigini ochib qo‘yishi mumkin.

Shuning uchun:

  • Mehr va muhabbatni bolalar oldida ifodalashda ehtiyotkorlik kerak.

  • Kichik yoshdagi farzandlar oldida er-xotinning haddan oshgan yaqinliklari — hatto quchoqlashish yoki o‘pish bo‘lsa ham — biroz cheklangan va o‘ringa qarab bo‘lishi afzal.


Xulosa:

  • Ota-ona mehr ko‘rsatishda hayo va odob mezonlarini saqlashi lozim.

  • Farzandlar oldida haddan oshmagan, tarbiyani buzmaydigan holatda muomalada bo‘lish kerak.

  • Bolaga tarbiya berishda hayo tuyg‘usini singdirish ustuvor bo‘lishi kerak.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Homilador holimda erim Rossiyaga olib ketmoqchi, itoat qilmasam bo‘ladimi?

    February 17, 2026
  • Erining so‘kishi va sansirashi yoqmaydigan ayolning savoli.

    February 17, 2026
  • Yoshi katta nomahram qarindosh ayollar bilan qanday ko‘rishish kerak?

    February 13, 2026
  • Muammolardan qutulish uchun Baqara surasini o‘qishning dalili bormi?

    February 13, 2026
  • “Vallohi” deb yolg‘on qasam ichish hukmi.

    February 13, 2026
  • Kundur hidiga jinlar kelmaydimi?

    February 13, 2026