Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi Payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo‘lsin.
Ya’ni bular hozir aytgan narsalar hammasi o‘zi bilinib turibdi, shariatga zid narsalar. Bir-birini haqorat qilish, avrat ochilishi, yuziga urish, urib o‘ldirish darajasigacha olib borib, ba’zan o‘lib ham qoladi, sinib ham ketadi. Hechdan hechga chiqib, ikkita musulmon bir-birini uryapti.
Ikkalasi ham soqolli bo‘lishi mumkin, ikkisi ham nima qilib, uradi yuziga, asosan yuzga uradi, burnini sindiradi, tishini sindiradi, urib-urib bir narsa qiladi-da chiqib. Pul olish uchun o‘sha yerdagi o‘sha pulga urishyapti bular. Bu narsa bir sportligidan tashqari, juda bir xunuk holatga kirib ketgan.
Bu narsa shar’an harom bo‘lgan narsa. Musulmon odam bu ish bilan shug‘ullanmaydi. Ya’ni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yuzga urishdan qaytarganlar.
Bu urushlar aynan yuzga uriladi. Aynan boks ham shunaqa, aynan yuzga uriladi. Ba’zilar aytadiki, buni agar yuzga urmasa, odam o‘rganmaydi, deb.
Xo‘p, o‘rganmasa, o‘rganish uchun bitta musulmon birodaringizning yuziga urib o‘rganishingiz kerakmi? Uni yuziga urib o‘rgandingiz ham deylik. Keyin nima qilasiz? Kimdir sizni urmoqchi bo‘lsa? Ko‘chada bokschi bo‘lib yurganingizda, yaxshi bokschi bo‘lsangiz, kimnidir urasiz endi. Borib G‘azoni portlatayotganlarni boks qilib urib keling.
Kuchingiz yetsa agar — o‘shanga ham yetmaydi. G‘azoni bombalayotganlar musulmonlarning qonini ichayotgan odamlar, ular boks bilan shug‘ullanmaydi. Ular aqlli odamlar, o‘z yoshlarini o‘qitadi, maktablarda aralashtirmaydi, telefonsiz tarbiyalaydi. Futbolchi yoki bokschisi yo‘q, lekin dunyoni titratib yotibdi.
Musulmon odam aqlli bo‘lishi kerak. Sunnatga amal qilishi kerak. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytgan buyruqlarni bajarishi kerak. Qanday vijdon bilan siz bitta musulmon odamning yuziga urasiz, ichidan ichga so‘kasiz, haqorat qilasiz, g‘alaba uchun. Bu ochiqdan-ochiq harom.
Endi “sportning me’yori qanday bo‘lishi kerak?” deganga:
Sport yaxshi narsa, badan tarbiyasi yaxshi narsa. Odamni urmang. Meshoklar bor-ku, xaltalar, o‘shalarga uring, qancha jahlingiz bo‘lsa chiqaring, joni og‘rimaydi.
Siz bitta musulmonning yuziga urib o‘rganishingiz shart emas. Buni hech kim oqlab bermaydi. “O‘rganmaydi agar tirigini urmasa” deb, birini chiqarib, kallasiga uraverasizmi? Odam mayib bo‘ladi. Kalla zarba yeya-yeya, aqli o‘zgaradi, asabiylashadigan bo‘lib qoladi.
Ko‘p hollarda ularning oilaviy hayoti yaxshi bo‘lmaydi. Chunki xotin chiday olmaydi, asabi ko‘tarmaydi. Baqir-chaqir, jahl, urish. Shuning uchun shar’an harom ishlar. Harom bo‘ldimi, musulmon odam tiyilishi kerak.
Agar orqasidan qancha pul topsa ham, bu halol pul bo‘lmaydi. Boshqalarning yuziga urib topilgan pul — bu qumorga o‘xshagan. Musulmon kishi sportchi bo‘lsin, lekin urushmaydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ochiqdan-ochiq qaytarganlar. Vallohu a’lam.