Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Tahorat haqqi namozi.

Tahorat haqqi namozi.

Nashr sanasi: May 11, 2025

Savol :

Ustoz, tahoratdan keyin tahorat namozi o‘qish joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu amal joiz, balki mustahabdir. Rasululloh ﷺ tomonidan taqririy sunnat sifatida sobit bo‘lgan.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu amal joiz, balki mustahabdir. Rasululloh ﷺ tomonidan taqririy sunnat sifatida sobit bo‘lgan. Ya’ni, Bilol roziyallohu anhu haqida Rasululloh ﷺ:
“Men sening jannatda oyoq tovushingni eshitdim. Qaysi amaling sabab bo‘ldi?” — deb so‘raganlarida, Bilol:
“Men har gal tahorat qilganimda, o‘sha tahorat bilan ikki rakat namoz o‘qiyman” — deb javob bergan. Rasululloh ﷺ bunga tanbeh bermaganlari, aksincha sukut qilganlari bilan bu amal iqroriy sunnat bo‘lib qolgan.

Shuning uchun tahoratdan keyin ikki rakat namoz o‘qish sunnat hisoblanadi va bu amal “tahorat haqqi” deb nomlanadi. Bu amal bilan jannatga yaqinlashish umid qilinadi.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ustoz, otam namoz o‘qimaydilar. U kishini qanday qilib ko‘ngillariga og‘ir botmaydigan tarzda namozga chaqirsam bo‘ladi?

    June 4, 2025
  • Mahsiga mash tortish uchun tahorat bo‘lishi kerakmi? Va uning shartlari qanday?

    June 4, 2025
  • Juma namoziga borishdan xavfsirayotgan kishi nima qilishi kerak?

    June 4, 2025
  • Xufton va vitr namozlarining qazosini o’qilish vaqtlari haqida

    June 1, 2025
  • Imomlik qilish mezonlari

    June 1, 2025
  • Ko‘chada namoz o‘qish imkoniyati yo‘q bo‘lsa, ayol namozni jamlasa bo‘ladimi?

    May 26, 2025