Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Vakillik haqida

Vakillik haqida

Nashr sanasi: May 10, 2025

Savol :

Ustoz, vakillik haqida tushuncha bersangiz. Men bir odamga pul berib, tilla olgani yuborsam-u, u men bergan pulni o‘ziga ishlatib, menga esa foizga tilla xarid qilib olib kelsa, uni olishim joiz bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Yo‘q, bunday holatda u kishi vakil sifatida sizga xilof ish qilgan bo‘ladi. Vakilning vazifasi — vakil qiluvchining topshirig‘ini aniq bajarishdir.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Yo‘q, bunday holatda u kishi vakil sifatida sizga xilof ish qilgan bo‘ladi. Vakilning vazifasi — vakil qiluvchining topshirig‘ini aniq bajarishdir. Siz bergan pulga siz aytgan tarzda, ya’ni o‘sha pulning o‘ziga tilla olib kelishi kerak edi. U pulni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib, so‘ng sizga foiz asosida tilla olib kelsa, siz bunday tillani qabul qilmasligingiz kerak. Chunki bu tilla siz uchun halol bo‘lmaydi.

Siz unga: “Men bunday foizli tilla olmayman, bergan pulimni qaytar yoki o‘sha pulga menga aytgandek tilla olib kel,” deb talab qilishingiz kerak. Agar foizli tilla allaqachon olingan bo‘lsa-yu, holatni tuzatish imkoni bo‘lmasa, unda bu zarar va mas’uliyat vakil bo‘lgan kishining bo‘yniga yuklanadi.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Shariatga xilof narsalar ham sotiladigan omborxonada ishlash hukmi.

    April 15, 2026
  • Ruqyada oyat va hadisdan boshqa duo qilsa ham bo‘ladimi?

    April 15, 2026
  • Inson ajalini oldindan sezishi mumkinmi?

    April 13, 2026
  • Tik-tokda video ko‘rishni tashlay olmayotgan do‘stimga nasihat qiling.

    April 13, 2026
  • “Grin karta” o‘ynash ham lotereya kabi harommi?

    April 9, 2026
  • Oylikka ishlaydigan odam ham Allohdan boylik so‘rasa bo‘ladimi?

    April 8, 2026