Ustoz, yoshi o‘zi bilan teng bo‘lgan qizga uylansa bo‘ladimi? Bu haqida ko‘pchilik tavsiya bermayapti. Iltimos, maslahat bersangiz.
O‘zi bilan teng bo‘lgan qizga uylansa bo‘ladimi?
Savol :
Javob :
Albatta, uylanish mumkin. Yoshi teng bo‘lsa ham, undan katta bo‘lsa ham, kichik bo‘lsa ham uylanish joiz. Eng muhimi – soliha ayolga uylanish. Yoshlik emas, shaxsiyat muhim. Sizga diningizda madadkor, farzandlaringizga yaxshi ona bo‘ladigan, aqliy va axloqiy tarbiyasi mustahkam bo‘lgan ayolga uylaning. Yoshdagi bir-ikki yillik farq hech qanday muammo emas. Eng asosiysi – o‘zaro tushunish, hayotni birga olib ketish qobiliyati. Vallohu a’lam.
Maqola foydali bo’ldimi?
0