Ustoz, bir birodar uch-to‘rt yil avval bir hamyon topib olgan. Hamyonda taxminan 500 dollar pul va hamyon egasining hujjatlari bo‘lgan. Pullar egasiga yetkazilishi mumkin bo‘lganiga qaramay, u birodar johillik qilib, hujjatlarni tashlab yuborgan va pulni ishlatib qo‘ygan. Hozir u har qanday usul bilan ham hamyon egasini topa olmayapti. Shuning uchun bu ishidan qattiq afsusda.
Endi u bu ishning gunohidan qanday qutulsa bo‘ladi? Tavba qilganidan so‘ng, topib olingan puldan biroz ko‘proq qilib, uni hamyon egasi nomidan sadaqa qilsa, qiyomatda yuzini yorug‘ qiladigan amal bo‘ladimi? Yoki bundan-da yaxshiroq bir yechim bormi?
Agar sadaqa qilish to‘g‘ri bo‘lsa, birodarning ota-onasi o‘z qarzlarini hamyon egasi nomidan niyat qilib to‘lasalar bo‘ladimi? Chunki otasining qarzi yo‘qolgan puldan yigirma baravar ko‘proq va bu qarzdan bir necha yildan beri qutula olmayapti. Ustoz, iltimos, yaxshiroq bir yechim bersangiz.