Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Birovning narsasini bildirmasdan olib qo’yish o‘g‘rilik hisoblanadimi? Internet o’yinlarining musulmonlarga zarari.

Birovning narsasini bildirmasdan olib qo’yish o‘g‘rilik hisoblanadimi? Internet o’yinlarining musulmonlarga zarari.

Nashr sanasi: May 8, 2025

Savol :

Bir odamning telefonidagi o’yin akkauntini egasiga bildirmasdan olib qo’yish o‘g‘rilik hisoblanadimi? Agar shunday bo‘lgan bo‘lsa, nima qilish kerak?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bismillah, vassalotu vassalam ‘ala rasulillahi va barak. Endi, har qanday ruxsatsiz olingan narsa — o‘g‘rilik hisoblanadi. Bu narsa ko‘pincha o‘yinlar bilan bog‘liq holatlarda uchraydi. Hozir o‘yinlarga mukkasidan ketgan odamlar hayotdan uzilib qolgan, o‘z-o‘zidan ajralib, ruhiy muvozanatini yo‘qotgan. Bu shaytoniy tuzoq. Bu bilan yoshlar ongini egallab olishmoqda. G‘azzoda yoshlarimiz ustiga olov yog‘dirayotganlar tomonidan ishlab chiqarilgan bu o’yinlar. Yahudiylar maktablarida bolalar internet ishlatmaydi, qo‘liga telefon berilmaydi, qiz-bola, o‘g‘il-bola aralashmaydi. Ular farzandini dunyoni boshqaradigan darajada tarbiyalayapti. Bizning yoshlarimiz esa telefon, o‘yin, seriallar bilan chalg‘itilmoqda. O‘yinlar, internet, moliya tizimi, hammasi ularning qo‘lida. Shuning uchun ko‘zimizni ochishimiz kerak. Alloh taolo o‘zi qutqarsin. Yoshlarimizga ham, kattalarimizga ham tavfiq bersin. Agar shunday uyg‘onsak, insha Alloh, Alloh taolo bizga zafar beradi. Chunki U Zot va’da bergan: “Wa kaana haqqan ‘alayna nasrul-mu’miniin.” (Ma’nosi: “Mo‘minlarga yordam berish Bizning zimmamizdagi haqdir.”) Alloh taolo hammamizga yordam bersin. Amin.

Bismillah, vassalotu vassalam ‘ala rasulillahi va barak. Endi, har qanday ruxsatsiz olingan narsa — o‘g‘rilik hisoblanadi. O‘zingiz aytayapsiz-ku: “Bildirmasdan olib qo‘ysa,” — o‘g‘rilik shunday bo‘ladi-da. O‘zi bildirmasdan olib qo‘yiladi. Endi u akkauntida nimani olgansiz, buni o‘zingiz bilasiz.

Bu narsa ko‘pincha o‘yinlar bilan bog‘liq holatlarda uchraydi. Men bu o‘yinlarning ichiga kirib, batafsil bilmayman, lekin eshitganlarimga ko‘ra, bu o‘yinlarning deyarli hammasi qimorga o‘xshash. Deyarli hammasi odamning vaqtini olib, aqlini o‘g‘irlaydigan, uni real hayotdan uzib, virtual dunyoga botirib qo‘yadigan narsalar deb aytishadi.

Hozir o‘yinlarga mukkasidan ketgan odamlar hayotdan uzilib qolgan, o‘z-o‘zidan ajralib, ruhiy muvozanatini yo‘qotgan. Shunday holatlar bo‘lyaptiki, ba’zilarining oilalari buzilib ketmoqda. Er o‘yinga mukkasidan ketib, oylar davomida xotiniga qaramaydi, o‘yindan bosh ko‘tarmaydi. Gapirsangiz, umuman e’tibor bermaydi. Ko‘p yoshlar bu yo‘ldan chiqib ketgan.

Shuning uchun kattalar yoshlarni bu narsalardan ogohlantirib turishi kerak. Yoshlarga vaqtini zoye qilmaslikni o‘rgatishimiz kerak. Bu o‘yinlar odamni virtual dunyoga olib kiradi. Hatto ba’zi o‘yinlar bor, ular odamga Marsda shahar qurdiradi. U yerda yashayotgan odam go‘yoki real hayotdan uzilgan bo‘ladi.

Bu shaytoniy tuzoq. Bu bilan yoshlar ongini egallab olishmoqda. Biz juda e’tiborli bo‘lishimiz kerak. Hozir internet va telefonlar bir tarafdan ne’mat bo‘lsa-da, boshqa tarafdan katta xavf tug‘dirmoqda. Hammamiz buni tan olishimiz kerak.

Bu o‘yinlar va ilovalar kimlar tomonidan chiqarilmoqda? G‘azzoda yoshlarimiz ustiga olov yog‘dirayotganlar tomonidan. Shuni bilingki, o‘sha odamlar o‘z bolalariga bu o‘yinlarni qo‘llamaydi. Ishonchli manbadan eshitganman: yahudiylar maktablarida bolalar internet ishlatmaydi, qo‘liga telefon berilmaydi, qiz-bola, o‘g‘il-bola aralashmaydi.

Ular farzandini dunyoni boshqaradigan darajada tarbiyalayapti. A bizning yoshlarimiz esa telefon, o‘yin, seriallar bilan chalg‘itilmoqda. Hatto ovqatlarimizda ham kimyoviy moddalar ko‘payib ketgan. Raq kasalliklari avj olgan, qon buzilgan, farmatsevtika sanoati ularning qo‘lida. Kasalliklarni chiqaradi, dorini ham o‘zi sotadi. Shu bilan sog‘lig‘imizni ham, pulimizni ham, vaqtimizni ham olib qo‘yyapti.

Bu narsalar tufayli G‘azzoda shunday holatlar yuz bermoqda. Barcha musulmonlar, katta-kichik, telefon-u, o‘yin, serialga mukkasidan ketib qolgan. Shu bilan o‘zimiz bilan ovora bo‘lib, musulmon birodarlarimizni unutib qo‘yyapmiz. Boshimizdan bomba yog‘dirilayotgan bir vaqtda, butun dunyo sukutda.

Agar bu ishlar mushuklarga qilinsa edi, butun dunyo norozilik bildirgan bo‘lardi. Lekin musulmonlar ustiga bomba yog‘dirilyapti, ochdan o‘lyapti, lekin hech kim yordam bermayapti. Atrofdagi musulmon davlatlar — Misr, Saudiya, Iordaniya — hech biri yordam qo‘lini cho‘zmayapti. Ular uchun bu odamlar hayvon kabi.

Men bu mavzudan chetga chiqib ketdim, lekin shular chiqarayotgan o‘yinlar, internet, moliya tizimi, hammasi ular qo‘lida. Shuning uchun ko‘zimizni ochishimiz kerak. Avvalambor, biz kimligimizni aniqlashimiz kerak. Yoshlarimiz virtual dunyoga mukkasidan ketgan — bu juda katta musibat.

Alloh taolo o‘zi qutqarsin. Yoshlarimizga ham, kattalarimizga ham tavfiq bersin. Biz bir-birimizni uyg‘otishimiz kerak. Hech kim farishta emas, hammamizda kamchilik bor. Lekin bir-birimizni ayblamasdan, tarbiyalashga harakat qilishimiz kerak. G‘iybat qilish, masxara qilish emas — to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish kerak.

Alloh taolo Qur’onda aytgan: “Innamal mu’minuuna ikhwa” — mo‘minlar faqatgina birodarlardir. Qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, bir musulmon och yotgan bo‘lsa, u bizning akamiz, bizning farzandimiz. Shu e’tibor bilan yashashimiz kerak.

Agar shunday uyg‘onsak, insha Alloh, Alloh taolo bizga zafar beradi. Chunki U Zot va’da bergan:
“Wa kaana haqqan ‘alayna nasrul-mu’miniin.”
(Ma’nosi: “Mo‘minlarga yordam berish Bizning zimmamizdagi haqdir.”)

Alloh taolo hammamizga yordam bersin. Amin.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ustoz, turk ustozimdan eshitdim: og‘ir kasalga jamoaviy Yosin o‘qish — islomiy jihatdan to‘g‘rimi? Bu bid’atga kirmaydimi?

    June 4, 2025
  • Mahramsiz safarga chiqish shar’an joizmi?

    June 4, 2025
  • Namoz o‘qimaydigan odamga salom bermasa bo‘ladimi?

    June 4, 2025
  • Ovqatdan soch tolasi chiqishi va ovqat pishirgan kishini malomat qilishish haqida.

    June 4, 2025
  • Qaynota kelinga mahrammi? Uning oldida ro‘molsiz yurish va yolg‘iz qolish mumkinmi?

    June 3, 2025
  • Erkak kishi ayolining soliha dugonalaridan ajratishi joizmi?

    June 3, 2025