Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Namozni oyoq kiyimda, oyoq kiyimsiz, joynamoz bilan yoki joynamozsiz o’qish va joyning pok bo’lishi shartlari to’g’risida

Namozni oyoq kiyimda, oyoq kiyimsiz, joynamoz bilan yoki joynamozsiz o’qish va joyning pok bo’lishi shartlari to’g’risida

Nashr sanasi: May 7, 2025

Savol :

Ustoz, Rasululloh sallallohu alayhi vasallam bir kuni namozda oyoq kiyimlarini yechib qoʻydilar. Buni koʻrgan sahobalar ham ergashib oyoq kiyimlarini yechishdi. Namozdan keyin Rasululloh sallallohu alayhi vasallam Jabroil alayhissalom kelib, oyoq kiyimlariga najosat tekkanini aytgani sababli ularni yechganlarini bayon qildilar.
Savolim shuki, ko‘pchilikni hojatxonaga kirgan oyoq kiyimda namoz o‘qiyotganini ko‘raman. Holbuki, namozning shartlaridan biri – namoz o‘qiladigan joyning pok bo‘lishi. Ba’zilar esa yerga hech narsa solmay turib namoz o‘qib ketaverishadi. Shu haqda tushuntirib bersangiz.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Oyoq kiyimda namoz o‘qish – sunnatdan. Buxoriy rahimahulloh “Oyoq kiyimda namoz o‘qish” bobini keltirgan (“Bābus-salāti fin-ni‘āl”). Anas roziyallohu anhu Rasulullohning oyoq kiyimda namoz o‘qiganlarini rivoyat qilganlar. Ammo bu sunnat ehtiyoj bo‘lgan holatlar uchundir – safarda, ko‘chada, aeroportda, oyoq kiyimni yechish mushkul bo‘lgan holatlarda. Masjidga esa, albatta, oyoq kiyim bilan kirmaydi. Har bir joyning o‘ziga yarasha fiqhiy hukmi bor. shariatda faqat hojatxona, hammom va qabriston kabi joylarda namoz o‘qish man qilingan. Boshqa barcha yerlar Rasululloh sallallohu alayhi vasallam hadislari bilan bizga masjid (ya’ni ibodat qilinadigan joy) va pok deb berilgan: “Jo‘ilat liyal-ardu masjidan va tohuron.” – “Menga yer butunlay masjid va tozalovchi qilib berildi.” Rasululloh sallallohu alayhi vasallam hasir (o‘ram) ustida ham namoz o‘qiganlar. Demak, joynamoz bo‘lishi shart emas, lekin joy toza bo‘lsa kifoya.

Bismillahi vassalatu vassalamu ‘ala Rasulillah. Amma ba’d.

Bu masala najosatning mavjud yoki mavjud emasligiga bog‘liqdir. Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning oyoq kiyim yechganliklari haqida keltirilgan hadis Buxoriyda rivoyat qilingan. U zot namoz o‘qiyotganlarida Jabroil alayhissalom kelib, oyoq kiyimlarida najosat borligini xabar bergan. Shuning uchun u zot ularni yechganlar. Buni ko‘rgan sahobalar ham ergashib yechishgan. Shunda Rasululloh: “Men Jibrilning xabari bilan yechdim”, – deganlar. Ya’ni, najosat borligi aniq bo‘lsa, oyoq kiyim yechiladi.

Ammo najosat aniq bo‘lmasa, oyoq kiyim bilan namoz o‘qish mumkin. Chunki ular yerda, tuproqda yurgan bo‘ladi, najosat tegmagan bo‘lishi ehtimoli yuqori. Ayniqsa, Saudiya Arabistonidagi kabi issiq, qumli joylarda oyoq kiyimga najosat yopishib qolishi ehtimoli kam. Agar biror hojatxonaga kirilgandan keyin oyoq kiyimga nam biror narsa tekkan bo‘lsa, keyinchalik tuproqda yurish orqali u kiyim tozalanadi.

Ummi Salama roziyallohu anho Rasulullohga: “Etagimizga najosat tegib qoladi”, deganlarida, u zot: “Keyinchalik yerga tegishi orqali tozalanadi”, – deb javob berganlar.

Shuning uchun oyoq kiyimda namoz o‘qish – sunnatdan. Buxoriy rahimahulloh “Oyoq kiyimda namoz o‘qish” bobini keltirgan (“Bābus-salāti fin-ni‘āl”). Anas roziyallohu anhu Rasulullohning oyoq kiyimda namoz o‘qiganlarini rivoyat qilganlar.

Ammo bu sunnat ehtiyoj bo‘lgan holatlar uchundir – safarda, ko‘chada, aeroportda, oyoq kiyimni yechish mushkul bo‘lgan holatlarda. Masjidga esa, albatta, oyoq kiyim bilan kirmaydi. Har bir joyning o‘ziga yarasha fiqhiy hukmi bor.

Odamlar hojatxonaga kirib, chiqib yurishadi. Agar najosat ko‘rinmasa va oyoq kiyim keyinchalik toza yerda yurgan bo‘lsa, u pok hisoblanadi. Lekin ochiq-oydin najosat ko‘rinib turgan bo‘lsa, albatta uni tozalab keyin namoz o‘qish kerak.

Siz aytganidek, ba’zilar har qanday joyda, hech narsa solmasdan namoz o‘qib ketishadi. Aslida, shariatda faqat hojatxona, hammom va qabriston kabi joylarda namoz o‘qish man qilingan. Boshqa barcha yerlar Rasululloh sallallohu alayhi vasallam hadislari bilan bizga masjid (ya’ni ibodat qilinadigan joy) va pok deb berilgan:
“Jo‘ilat liyal-ardu masjidan va tohuron.” – “Menga yer butunlay masjid va tozalovchi qilib berildi.”

Shuning uchun, agar yer toza bo‘lsa – tosh bo‘ladimi, gilam bo‘ladimi, qum yoki tuproq bo‘ladimi – namoz o‘qish mumkin. Hattoki Rasululloh sallallohu alayhi vasallam hasir (o‘ram) ustida ham namoz o‘qiganlar. Demak, joynamoz bo‘lishi shart emas, lekin joy toza bo‘lsa kifoya.

Bugun masjidlarda marmar, gilam yoki boshqa toza yuzalarda namoz o‘qilaveradi. Bu ham to‘g‘ri. Asosiysi – namoz o‘qiladigan joy va kiyim pok bo‘lishidir. Agar najosat ochiq ko‘rinib tursa, uni olib tashlab, poklangandan keyin namoz o‘qiladi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ustoz, otam namoz o‘qimaydilar. U kishini qanday qilib ko‘ngillariga og‘ir botmaydigan tarzda namozga chaqirsam bo‘ladi?

    June 4, 2025
  • Mahsiga mash tortish uchun tahorat bo‘lishi kerakmi? Va uning shartlari qanday?

    June 4, 2025
  • Juma namoziga borishdan xavfsirayotgan kishi nima qilishi kerak?

    June 4, 2025
  • Xufton va vitr namozlarining qazosini o’qilish vaqtlari haqida

    June 1, 2025
  • Imomlik qilish mezonlari

    June 1, 2025
  • Ko‘chada namoz o‘qish imkoniyati yo‘q bo‘lsa, ayol namozni jamlasa bo‘ladimi?

    May 26, 2025