Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >Imom tajvidda xato qilsa, muqtadiy Fotihani o‘qishi kerakmi?

Imom tajvidda xato qilsa, muqtadiy Fotihani o‘qishi kerakmi?

Nashr sanasi: May 3, 2025

Savol :

Ustoz, imom namozda Fotihani jahriy o‘qiganda muqtadiy jim turib imomga ergashishi, maxfiy o‘qiganda esa o‘zi ichida Fotihani o‘qishi haqidagi fikrga ergashganmiz. Lekin imomga o‘tgan odamning tajvidida xato bo‘lsa, o‘qilgan Fotihadan ko‘ngil to‘lmasa. Imom Zamsura o‘qiyotganida ichimizda Fotihani o‘qib olsak bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Qisqacha javob: Ma’nosi buzilmasa, eshitish kerak. Ma’no buzilsa, Fotihani ichida o‘qib olishi joiz.

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Ya’ni, ko‘ngil to‘lmasligi deganda tajvididan ko‘ngil to‘lmasa, unday qilmang, ya’ni eshiting. Tajvid — namozning sharti emas.

Ammo Fotihani ma’nosi buziladigan darajada buzib o‘qisa, unda siz o‘zingiz Fotihani ichingizda o‘qishingiz mumkin. Imom Fotihani tugatgandan yoki Zamsura paytida bo‘lsa ham, o‘zingiz o‘qib olasiz.

Agar sizning mazhabinggiz shu bo‘lsa, ya’ni Fotihani o‘qish farz deyilsa, qachon bo‘lsa ham o‘qishingiz kerak.

Faqat bu yerda bilingki: imomning tajvidi qaysi darajada?

Tajvid xato bo‘lsa ham, ma’noni buzmasa, namoz sahih bo‘ladi. Chunki tajvid bilan o‘qish vojib emas, mustahab.

Ammo ma’noni buzsa, bu harom bo‘ladi. To‘g‘rilash kerak.

Agar harflar joyidan chiqib, ma’nosi o‘zgargan bo‘lsa, siz albatta Fotihani ichingizda o‘qishingiz kerak. Imom “Dallin” degandan keyin ichingizda tezroq Fotihani o‘qib olishingiz kerak. Qanday holatda bo‘lsa ham.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Vitrni xuftondan alohida o‘qish shartmi?

    June 3, 2026
  • Muqtadiy 3- va 4-rakaatda “Fotiha” o‘qishi yonidagilarga yoqmasa, nima qilishi kerak?

    May 25, 2026
  • Peshin farzidan keyin necha rakaat sunnat o‘qish afzal?

    May 4, 2026
  • Namozda ayol kishining oyog‘i avrat sanaladimi?

    April 29, 2026
  • Peshinni asr vaqtiga taqab o‘qisa bo‘ladimi?

    April 29, 2026
  • O‘n yillikk qazo namozlarim tugadi, yana o‘qisam bo‘ladimi?

    April 23, 2026