Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Onamga shirin so‘z bilan gapirmaganim va mehr bilan xizmat qilmaganim uchun gunohkor bo‘lmaymanmi?

Onamga shirin so‘z bilan gapirmaganim va mehr bilan xizmat qilmaganim uchun gunohkor bo‘lmaymanmi?

Nashr sanasi: April 29, 2025

Savol :

Onam meni yaxshi ko‘rishini avvallari aytgan bo‘lsa-da, hozir unga nisbatan qalbimda zarracha mehr qolmagan. Bunga yetarlicha sabablar bor. Ulardan biri — butun umr mendan otam kimligini yashirib, meni undan uzoq tutgani. Hozir onam qarib, kasal bo‘lib qolgan. Onaga mehr ko‘rsatish kerakligi uchun unga qarayapman. Agar johil bo‘lganimda yoki dinni tushunmaganimda, bolaligimda onam: «Seni bolalar koloniyasiga (qamoqxona) topshirib yuboraman», deb tahdid qilgani kabi, men ham uni qariyalar uyiga topshirib yuborgan bo‘lar edim. Ammo Allohning qahridan qo‘rqib, uning injiqliklariga sabr bilan chidayapman. Shunday bo‘lsa-da, onamga shirin so‘z bilan gapirmaganim va mehr bilan xizmat qilmaganim uchun gunohkor bo‘lmaymanmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ha, gunohkor bo‘lasiz. Onangiz sizning haqqingizni bermagan bo‘lsa, Alloh taolo huzurida javobgar bo‘ladi. Ammo bu sizni ham gunohga boshlashga asos bo‘lmaydi. Alloh taolo Qur’onda marhamat qiladi: “Ey mo‘minlar! O‘zlaringizni to‘g‘rilanglar. Agar sizlar hidoyatda bo‘lsalaringiz, adashgan kishilarning adashganligi sizlarga zarar qilmaydi.”

Ha, gunohkor bo‘lasiz. Chunki onangiz sizga haqqingizni ado qilmagan bo‘lsa ham, bu sizning onangiz haqqini ado qilmasligingizga uzr bo‘la olmaydi. Onangiz sizning haqqingizni bermagan bo‘lsa, Alloh taolo huzurida javobgar bo‘ladi. Ammo bu sizni ham gunohga boshlashga asos bo‘lmaydi.

Har bir inson o‘z qabrida alohida yotadi va har kim o‘z amallaridan javob beradi. Sizning mas’uliyatingiz — o‘z burchingizni ado etish. Onangiz sizga qilgan zulm va haqsizliklar, sizning unga hurmat va xizmat ko‘rsatmaslik uchun bahona bo‘la olmaydi. Ona baribir onadir, shuning uchun unga yaxshi muomala qilish, yomon gapirmaslik va hurmatini saqlash farzdir.

Esingizdan chiqaring o‘tgan gina-kuduratlarni. Agar onangiz xato qilgan bo‘lsa, Allohdan uni kechirishini so‘rang va uning haqqiga duo qiling. Buyog‘iga esa unga yaxshilik bilan muomala qiling. Alloh taolo Qur’onda marhamat qiladi:

“Bir qavmga nisbatan bo‘lgan adovatingiz sizlarni adolatsizlikka undamasin.”

Yana bir oyatda shunday deydi:

“Ey mo‘minlar! O‘zlaringizni to‘g‘rilanglar. Agar sizlar hidoyatda bo‘lsalaringiz, adashgan kishilarning adashganligi sizlarga zarar qilmaydi.”

Demak, siz o‘zingiz hidoyatda bo‘lsangiz, onangizning xatolari sizga zarar qilmaydi. Va uning xatosi sizga ham xato qilish uchun yo‘l ochmaydi.

Shariat ruxsat bermaydi: “Odam gunoh qildimi, sen ham gunoh qil”, degan gap yo‘q. Agar onangiz gunoh qilgan bo‘lsa, bu faqat uning gunohidir. Siz esa o‘z burchingizni ado etishingiz shart.

Endi, onangiz o‘z burchini bajarmagan ekan — bu o‘tgan ish. Allohdan unga mag‘firat tilang. Ammo siz ham o‘z burchingizni bajarmasangiz, onangiz qilgan xatoni takrorlagan bo‘lasiz va gunohkor bo‘lasiz. Bu narsa davom etaveradimi? Keyin farzandlaringiz ham sizga shunday muomala qiladimi?

Har kim o‘z amali uchun javobgardir. Qabrda ham o‘zingiz yotasiz, sizning amallaringiz so‘raladi. Shuning uchun, mana shu kun uchun tayyorgarlik ko‘ring.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ustoz, turk ustozimdan eshitdim: og‘ir kasalga jamoaviy Yosin o‘qish — islomiy jihatdan to‘g‘rimi? Bu bid’atga kirmaydimi?

    June 4, 2025
  • Mahramsiz safarga chiqish shar’an joizmi?

    June 4, 2025
  • Namoz o‘qimaydigan odamga salom bermasa bo‘ladimi?

    June 4, 2025
  • Ovqatdan soch tolasi chiqishi va ovqat pishirgan kishini malomat qilishish haqida.

    June 4, 2025
  • Qaynota kelinga mahrammi? Uning oldida ro‘molsiz yurish va yolg‘iz qolish mumkinmi?

    June 3, 2025
  • Erkak kishi ayolining soliha dugonalaridan ajratishi joizmi?

    June 3, 2025