Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >10 yillik va 3-4 oylik ayollarning haqlari bir xilmi?

10 yillik va 3-4 oylik ayollarning haqlari bir xilmi?

Nashr sanasi: April 28, 2025

Savol :

Bir kishining ikki ayoli bo‘lsa, biri bilan turmush qurganiga 10 yil, ikkinchisi bilan turmush qurganiga 3-4 oy bo‘lgan bo‘lsa, ikkovining haqqi bir xil bo‘ladimi, yoki uzoq muddatdan beri birga yashab kelayotgan ayolining haqqi ko‘proq bo‘ladimi? 10 yillik turmush o‘rtog‘i «Men bilan ikki kun qolasiz» desa, haqlimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Qisqacha mazmun: Ha, nikoh qilinganidan keyin ikkala ayolning haqqi bir xil bo‘ladi. 10 yillik xotinning fazli hurmatda bo‘ladi, lekin haq-huquqda tenglik saqlanishi shart.

Haqqi jihatidan olganda, 10 yillik xotin bilan bir kunlik xotinning farqi yo‘q. Ikkalasi ham bir xil haqqa ega.
Chunki nikoh qilinganmi, ikkisi ham bir xil bo‘ladi. Erkakning ulardan birining haqqini kamaytirishga haqi yo‘q. Agar qilsa, zolim bo‘ladi.

Agar bu biri 10 yillik, biri bir kunlik xotin bo‘lsa ham, haq-huquqda farq yo‘q.

Ammo 10 yillik xotinning fazli bo‘ladimi, desangiz — ha, fazli bo‘ladi.
Shuncha yil birga yashagani, ko‘p xizmat qilgani, yaxshi-yomon kunlarda birga bo‘lgani, ota-onangizga xizmat qilgani uchun fazli bor.

Alloh taolo aytadi:

“O‘rtalaringizdagi fazlni unutmanglar.”

Ya’ni bu jihatdan qaraganda, u ayolning sizga nisbatan fazli bo‘ladi.
Fazli bor degani — ikkinchi xotinning haqqini kamaytirish mumkin degani emas.

Savolda aytilgandek, “bunga ikki kun, unga bir kun” qilish — joiz emas.
Haqlik, hurmat va mehr jihatidan avvalgi xotinga fazl ko‘rsatiladi, lekin haq-huquqda tenglik bo‘lishi shart.

Birovning haqini olib, boshqasiga berish adolat emas.
Nikohdan keyin ikki ayolning haqqi teng taqsimlanadi.

Agar bu ish oldindan (nikohdan oldin) kelishilgan bo‘lsa, masalan: “Haftada bir marta kelaman” deb shartlashilgan bo‘lsa va ikkinchi ayol rozi bo‘lsa — unda muammo yo‘q.

Ammo nikohdan keyin bir tomonlama shunday qilish — zulm bo‘ladi.
Nikohdan oldin aniq shartlashish kerak edi.

Modomiki nikoh qilingan bo‘lsa, endi har ikkala xotinning haqqi teng bo‘lishi shart.
Birovning haqini boshqasiga berish mumkin emas.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Hayvonlarni hayvonot bog‘ida saqlash ularga zulm emasmi? Bu gunoh emasmi?

    October 10, 2025
  • Hayz tugagan kunning ertasiga yana qizil aralash oqlik kelsa, namozlar nima bo‘ladi?

    October 4, 2025
  • Yubiley va tug‘ilgan kunlar o‘tkaziladigan oshxonada halol taom bo‘lsa, u yerda ovqatlanish yoki taom xarid qilish joizmi?

    October 4, 2025
  • Klinikada ishlayman. Ba’zan bemorga yordam bo‘lsin deb, ikkita tishni davolab, kassada bitta deb yozaman. Bu ishim joizmi?

    October 3, 2025
  • Bir odam vafot etib, mulklar qoldirdi. Katta o‘g‘il: “Otam bilan birga ishlaganim uchun bu uy va mashina meniki bo‘ladi, qolgan merosni taqsimlang”, deb turibdi. Shu holatda bu narsalar to‘g‘ridan meros bo‘lib hisoblanadimi yoki u da’vo qilayotgan mulklar haqiqatan unga tegishli bo‘lishi mumkinmi?

    October 2, 2025
  • Bir tanishim: “Yillar davomida Allohdan so‘rayman, lekin yomon odatlarimdan chiqa olmayapman. Demak, taqdirimda shunday yozilgan”, deydi. Bu to‘g‘rimi?

    October 2, 2025