Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Avtomobillarga qiziqish va ularni bezatish

Avtomobillarga qiziqish va ularni bezatish

Nashr sanasi: April 25, 2025

Savol :

Ustoz, avtomobillarga qiziqish va ularni bezatish joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Avtomobilga qiziqish — dunyoviy va muboh ish. Ammo bu qiziqish haddan oshib, insonni boshqa mas’uliyatlardan chalg‘itmasligi kerak.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Avtomobilga qiziqish dunyoviy, muboh ishdir. Kimdir otga, kimdir usta asboblariga, kimdir mashinaga qiziqadi — bu tabiiy hol. Ammo bu qiziqish haddan oshib, insonni foydasiz mashg‘ulotga band etib qo‘ysa, bu lahvga, ya’ni behuda isrofga aylanadi.

Masalan, mashinasini haddan tashqari e’zozlab, har bir detalini yuvib, faqat o‘sha haqida o‘ylab, vaqti, kuchi va pullarini faqat unga sarf qiladigan odamlar bor. Bu odam mashinani minib yurgani yo‘q — go‘yoki mashina uni minib yuribdi. Bu holat nafaqat befoyda, balki oilaviy mas’uliyatlardan chalg‘ituvchi ham bo‘ladi.

Shuning uchun, agar qiziqishingizni foydali narsalarga yo‘naltirsangiz — masalan, ishlab chiqarish, savdo, ixtiro, dehqonchilik, foydali hunar yoki jamiyatga xizmat qiladigan ishlar — bu siz uchun ham, jamiyat uchun ham manfaatli bo‘ladi.

Rasululloh ﷺ aytganlar:
“O‘zing uchun foydali bo‘lgan narsaga haris bo‘l.” (Muslim)

Shuning uchun, vaqt va molni faqat ko‘r-ko‘rona bezakka emas, dunyo yoki oxiratga foyda beradigan ishlarga sarflash tavsiya etiladi. Lekin umumiy hukmda, mashina bezatish muboh — joiz ish. Faqat bu sizni asosiy maqsadlaringizdan chalg‘itmasin.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Ustoz Yusuf Davron

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Shariatga xilof narsalar ham sotiladigan omborxonada ishlash hukmi.

    April 15, 2026
  • Ruqyada oyat va hadisdan boshqa duo qilsa ham bo‘ladimi?

    April 15, 2026
  • Inson ajalini oldindan sezishi mumkinmi?

    April 13, 2026
  • Tik-tokda video ko‘rishni tashlay olmayotgan do‘stimga nasihat qiling.

    April 13, 2026
  • “Grin karta” o‘ynash ham lotereya kabi harommi?

    April 9, 2026
  • Oylikka ishlaydigan odam ham Allohdan boylik so‘rasa bo‘ladimi?

    April 8, 2026