Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Tushda xotinining xiyonat qilayotganini ko‘rish.

Tushda xotinining xiyonat qilayotganini ko‘rish.

Nashr sanasi: April 24, 2025

Savol :

Uylanganimga olti oy bo‘ldi. Kunora tushimga xotinim xiyonat qilayotgani kiraveradi. Bu tush nimani anglatadi? Nima qilishim kerak? Iltimos, nasihat bering.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar bu tush faqat takrorlanayotgan holat bo‘lib, hayotda hech qanday shubhali dalil yoki xatti-harakat bo‘lmasa, bu — shaytonning vasvasasi bo‘lishi mumkin.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar bu tush faqat takrorlanayotgan holat bo‘lib, hayotda hech qanday shubhali dalil yoki xatti-harakat bo‘lmasa, bu — shaytonning vasvasasi bo‘lishi mumkin. Shayton er-xotin orasiga adovat solishni xohlaydi, bu uning eng katta maqsadlaridan biridir. Hatto Qur’onda sehrgarlik haqida aytilganda ham, “Ular er bilan xotinni ajratadilar” (Baqara: 102) deyiladi.

Shuning uchun, agar xotiningizga nisbatan hech qanday aniq dalil bo‘lmasa, u holatda tushlarga asoslanib shubhalanishingiz noto‘g‘ri. Tushlar bilan hukm chiqarilmaydi. Shayton tushingiz orqali sizni xotiningizdan sovitmoqchi bo‘ladi.

Ammo agar real hayotda telefondagi harakatlar, g‘ayrioddiy xatti-harakatlar yoki ishonchsizlikka sabab bo‘ladigan dalillar mavjud bo‘lsa, albatta bunday holatni jiddiy qabul qilishingiz va ehtiyotkorlik bilan muomala qilishingiz kerak. Oila boshi sifatida bu sizning mas’uliyatingizdir.

Ammo agar bunday hech qanday shubha yo‘q bo‘lib, faqatgina tushlarda xiyonat holatini ko‘rayotgan bo‘lsangiz, bu kabi tushlarga mutlaqo e’tibor bermang. Bu bilan nafsingizni va hayotingizni zaharlab qo‘ymang. Allohdan panoh so‘rang, duo qiling, va o‘zingizni yaxshi gumon bilan tinchlantiring.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

21

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026