Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Qaynonam tahqirlasa-yu, erim himoya qilmasa, men bolalarimni olib, alohida yashashni so‘rasam bo‘ladimi?

Qaynonam tahqirlasa-yu, erim himoya qilmasa, men bolalarimni olib, alohida yashashni so‘rasam bo‘ladimi?

Nashr sanasi: April 23, 2025

Savol :

Qaynonam menga “yo‘qol, sen menga yoqmaysan” deydi. Erim chaqirganida uning oldiga chiqsam, qaynonam meni yer bilan teng qiladi. Men erimdan alohida yashashni so‘rasam bo‘ladimi? Yoki qaynonamga oxiratda buning uchun javob berishini eslataymi? U bolalarni olib qolmoqchi, “o‘zing ketaver” deydi. Lekin bolalarimning tarbiyasi uchun men javobgarman. Ularni o‘zim bilan olib ketsam, u meni duo-yu la’nat qilmoqda.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Qaynonangiz sizni yerga urayotgan bo‘lsa, siz o‘zingizni va farzandlaringizni himoya qilishga haqlisiz — bolalarni olib chiqib, alohida yashash, eringizdan shuni so‘rash sizning haqqingiz; duo-yu la’natlar esa siz zulm qilmaganingizda sizga zarar qilmaydi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Siz haqligingizni bilgan holda, hikmat bilan yo‘lingizda davom eting. Qaynonangizning duo-la’nati sizga zarar qilmaydi, agar siz zulm qilmayotgan bo‘lsangiz. Bola sizniki — siz tug‘gansiz, siz tarbiya berishga haqlisiz. Shuning uchun bolalarni o‘zingiz bilan olib ketishingiz joiz. Qaynonangizga ziyorat huquqini saqlagan holda, ular bilan alohida yashashingizga eringizdan ruxsat so‘rashingiz mumkin, bu sizning haqqingiz.

Agar qaynonangiz sizni yerga urib, izzat-nafasingizni paymol qilayotgan bo‘lsa, siz o‘zingizni himoya qilishga haqlisiz. Ota-onalik va insoniy huquqlaringiz uchun kurashishingiz kerak. Hayotda haqlar ko‘pincha berilmaydi — unga harakat, sabr va azm bilan erishiladi.

“Duoyibat qilaman” degan gaplar bilan sizni qo‘rqitayotganlar Allohdan qo‘rqishsin. Chunki haq egasi bo‘lsangiz, duolar ham sizning foydangizga bo‘ladi, zarar qilmaydi.

Agar eringiz ikkinchi xotin olsa ham, siz tinch yashashingiz va bolalaringiz tarbiyasini o‘z qo‘lingizda saqlash uchun kurashishingiz kerak. Allohdan tavfiq va sabr so‘rang. Hikmatli muomala bilan harakat qilavering, Alloh sizni zoye qilmaydi.
Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026