Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Bir ishni qilishga Allohga qasam ichish va undan qaytish mumkinmi?

Bir ishni qilishga Allohga qasam ichish va undan qaytish mumkinmi?

Nashr sanasi: April 22, 2025

Savol :

Ustoz, dugonamning singlisi onasi taqiqlagan bir ishni qilayotganini, ammo aslida bu ish ma’ruf – ya’ni yaxshi ish ekanini aytgan ekan. Ikkisi janjallashib qolishganida, singlisi: «Agar jim bo‘lmasangiz, Allohga qasam, onam taqiqlagan ishni qilayotganingizni aytib beraman», debdi. Opasi esa bir so‘z ham aytmagan. Shundan so‘ng dugonamning singlisi: «Qasamimni buzib qo‘ysam, gunohkor bo‘lib qolaman», deb onasiga aytib bermoqchi bo‘libdi. Opasi esa «Aytma», desa, va singlisi aytmasa bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Allohga qasam ichishdan qaytish hech qanday zarar bo‘lmasa — Agar bu ishni aytish opasiga zarar keltirsa, vojib bo‘lgan diniy masala bo‘lmasa, munkar (yomon) ish bo‘lmasa — unda aytmasligi mumkin. Qasamiga kafforat bersin, bo‘ldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: “Agar bir ishga qasam ichsam, keyin undan ko‘ra yaxshiroq ishni ko‘rsam, qasamga kafforat berib, o‘sha yaxshiroq ishni qilaman.”

Agar bu ishni aytish opasiga zarar keltirsa, va aytmaslikdan hech qanday zarar bo‘lmasa — ya’ni bu aytish vojib bo‘lgan diniy masala bo‘lmasa, munkar (yomon) ish bo‘lmasa — unda aytmasligi mumkin. Agar aytish opasiga zarar keltiradigan bo‘lsa, singlisi aytmasin. Qasamiga kafforat bersin, bo‘ldi.

Qasamiga kafforat beradi va shu ishni aytmasligi bilan opasiga yaxshilik qilgan bo‘ladi. Agar aytadigan bo‘lsa va bu orqali opasi ozorlanadigan bo‘lsa, unda “Qasamim buzilmasin” deb aytib berish shart emas.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: “Agar bir ishga qasam ichsam, keyin undan ko‘ra yaxshiroq ishni ko‘rsam, qasamga kafforat berib, o‘sha yaxshiroq ishni qilaman.”

Shu bois, agar bu ishni aytmaslik yaxshiroq bo‘lsa — bilib, anglab shuni afzal deb bilsangiz — aytmang, va qasamga kafforat bering. Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Shariatga xilof narsalar ham sotiladigan omborxonada ishlash hukmi.

    April 15, 2026
  • Ruqyada oyat va hadisdan boshqa duo qilsa ham bo‘ladimi?

    April 15, 2026
  • Inson ajalini oldindan sezishi mumkinmi?

    April 13, 2026
  • Tik-tokda video ko‘rishni tashlay olmayotgan do‘stimga nasihat qiling.

    April 13, 2026
  • “Grin karta” o‘ynash ham lotereya kabi harommi?

    April 9, 2026
  • Oylikka ishlaydigan odam ham Allohdan boylik so‘rasa bo‘ladimi?

    April 8, 2026