Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Haridor sotib olgan yerining pulini bir qismini vaqtida berolmaganligi sababli sotuvchi undan qo’shimcha haq talab qilishga haqqi bormi?

Haridor sotib olgan yerining pulini bir qismini vaqtida berolmaganligi sababli sotuvchi undan qo’shimcha haq talab qilishga haqqi bormi?

Nashr sanasi: April 22, 2025

Savol :

Bir inson birovga katta yer sotgan. Xaridor: “Pulini bir yilda beraman”, degan. Lekin vaqti kelganda pulni bera olmagan, o‘rniga mashina va kvartira bergan. Yana ozroq qarzdorlik qolgan. Oradan besh yil o‘tdi. Endi xaridor sotuvchiga: “Yerning hujjatiga qo‘l qo‘yib bering”, deyapti. Sotuvchi esa: “Sen pulni bir yilda beraman, deb va’da berganding, lekin bermading. Besh yilda narx oshdi, dollar oshdi. Endi oldingi narxda emas, hozirgi narxda berasan”, deyapti. Ustoz, sotuvchining shunday deyishga haqqi bormi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu holatda konkret vaqti, to‘lov va inflyatsiya ko‘rsatkichlari inobatga olinadi. Hukm, aniq holatga qarab chiqariladi. Umuman olganda, qiymatini talab qilishga haqlik bor, lekin bu masalani ahli ilmdan so‘rab, tafsilotlarni hisobga olib, yechim topish lozim. Vallohu a’lam.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ta’limotlariga binoan, agar haqiqatda besh yil davomida narxlar juda keskin oshib ketgan bo‘lsa va xaridor o‘z va’dasini ancha muddatga kechiktirgan bo‘lsa, sotuvchi qolgan pulning hozirgi qiymatini talab qilishi mumkin. Bu holatda, qolgan pulning qancha ekanini va xaridor qanchasini qachon berganini aniqlab chiqish lozim.

Besh yil — bu juda katta muddat. Masalan, “besh oyda, olti oyda beraman” degan insonning to‘lovni besh yilga cho‘zib yuborishi — bu birovning haqini ushlab qolish, kechiktirish bo‘ladi. Sotuvchi yerini sotgan, lekin pullarini o‘z vaqtida olmagan, orada yerning qiymati ko‘tarilib ketgan. Xaridor esa hali ham to‘liq to‘lamagan.

Shunday holatda, sotuvchi qolgan pulning hozirgi qiymatini talab qilishga haqlimi? Agar xaridor imkoniyati bo‘la turib ham ataylab to‘lamagan bo‘lsa, u holda sotuvchi, jazo sifatida, qiymatini talab qilishga haqli bo‘lishi mumkin. Vallohu a’lam.

Bu masala fuqaholar o‘rtasida ixtilofli. Masalan, hanafiylardan Abu Yusuf: “Qiymatini so‘rasa bo‘ladi”, deganlar. Abu Hanifa rahimahulloh esa: “Bo‘lmaydi”, deganlar.

Imom Ahmad rahimahulloh tafsilotli fikr bildirganlar: agar inflyatsiya uchdan birdan, ya’ni 30% dan oshib ketgan bo‘lsa — masalan, 40% yoki 50% gacha — bu holatda, sotuvchi o‘z haqini hozirgi qiymat bilan talab qilishi mumkin.

Shuning uchun bu holatda konkret vaqti, to‘lov va inflyatsiya ko‘rsatkichlari inobatga olinadi. Hukm, aniq holatga qarab chiqariladi. Umuman olganda, qiymatini talab qilishga haqlik bor, lekin bu masalani ahli ilmdan so‘rab, tafsilotlarni hisobga olib, yechim topish lozim. Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ustoz, turk ustozimdan eshitdim: og‘ir kasalga jamoaviy Yosin o‘qish — islomiy jihatdan to‘g‘rimi? Bu bid’atga kirmaydimi?

    June 4, 2025
  • Mahramsiz safarga chiqish shar’an joizmi?

    June 4, 2025
  • Namoz o‘qimaydigan odamga salom bermasa bo‘ladimi?

    June 4, 2025
  • Ovqatdan soch tolasi chiqishi va ovqat pishirgan kishini malomat qilishish haqida.

    June 4, 2025
  • Qaynota kelinga mahrammi? Uning oldida ro‘molsiz yurish va yolg‘iz qolish mumkinmi?

    June 3, 2025
  • Erkak kishi ayolining soliha dugonalaridan ajratishi joizmi?

    June 3, 2025