Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Qarzdorlar qarzini cho‘zib yursalar, menga ajr yoziladimi?

Qarzdorlar qarzini cho‘zib yursalar, menga ajr yoziladimi?

Nashr sanasi: April 17, 2025

Savol :

Domla, mening ko‘pchilikda pullarim bor, ammo ular bermay yurishibdi. Shu holatda o‘qiladigan maxsus duo bormi? O‘sha duolarni aytib yursam, Alloh ishlarimni yengillashtirarmikan? Yana bir savolim: pullarimni ololmay yurgan kunlarim uchun savob yoziladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar siz o‘sha odamlarga yordam berganingizni manfaat deb bilsangiz, “bir musulmonning ishi bitdi, ajri Allohdan bo‘lsin” deb ichingizdan rozi bo‘lib turgan bo‘lsangiz — ha, sizga ajr yoziladi in shaa Alloh.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bunday holatda eng foydali amal — istig‘fordir. Alloh taolo Qur’oni Karimda aytadi:

فَقُلْتُ ٱسْتَغْفِرُوا۟ رَبَّكُمْ إِنَّهُۥ كَانَ غَفَّارًۭا ١٠

يُرْسِلِ ٱلسَّمَآءَ عَلَيْكُم مِّدْرَارًۭا ١١

وَيُمْدِدْكُم بِأَمْوَٰلٍۢ وَبَنِينَ وَيَجْعَل لَّكُمْ جَنَّـٰتٍۢ وَيَجْعَل لَّكُمْ أَنْهَـٰرًۭا ١٢

“Bas, o`z Robbingizga istig`for ayting, albatta, U gunohlarni ko`plab mag`firat qiluvchidir», dedim. U zot osmondan ustingizga ketma-ket baraka yomg`irini yuboradir. Va sizga molu mulk va bola-chaqa ila madad beradir va sizlarga bog`u rog`lar hamda anhorlarni beradir.” (Surah Nuh: 10–12)

Shu sababli, istig‘for aytish, mol-dunyo va baraka kelishiga sabab bo‘ladi. Siz ham ko‘p istig‘for ayting, qalban Allohga suyaning. Balki Alloh o‘sha kishilarning qalbini yumshatib, o‘z fazli ila sizga haqingizni qaytarib qo‘yar.

Pullarni ololmay yurgan kunlarga savob yoziladimi? — Agar siz o‘sha odamlarga yordam berganingizni manfaat deb bilsangiz, “bir musulmonning ishi bitdi, ajri Allohdan bo‘lsin” deb ichingizdan rozi bo‘lib turgan bo‘lsangiz — ha, sizga ajr yoziladi in shaa Alloh.

Ammo imkoniyati bo‘la turib bermay yurgan odam — zolim hisoblanadi. Rasululloh ﷺ aytganlar:

“Boy bo‘la turib qarzini to‘lamay yurish — zulmdir.”
(Hadis: Bukhari va Muslim)

Zolimga esa mazlumning duosi ijobat bo‘ladi. Shuning uchun ular qo‘rqishlari kerak.

Xulosa:
Sabr qiling, istig‘forni ko‘paytiring, Allohdan o‘zingizning haqqingizni halol yo‘l bilan so‘rang. Alloh taolo qalblarni o‘zgartiruvchi zotdir.


Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Shariatga xilof narsalar ham sotiladigan omborxonada ishlash hukmi.

    April 15, 2026
  • Ruqyada oyat va hadisdan boshqa duo qilsa ham bo‘ladimi?

    April 15, 2026
  • Inson ajalini oldindan sezishi mumkinmi?

    April 13, 2026
  • Tik-tokda video ko‘rishni tashlay olmayotgan do‘stimga nasihat qiling.

    April 13, 2026
  • “Grin karta” o‘ynash ham lotereya kabi harommi?

    April 9, 2026
  • Oylikka ishlaydigan odam ham Allohdan boylik so‘rasa bo‘ladimi?

    April 8, 2026