Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Allohning Payg’ambarlari haqida o’qib yeg’lay olmaslik.

Allohning Payg’ambarlari haqida o’qib yeg’lay olmaslik.

Nashr sanasi: April 13, 2025

Savol :

Ustoz, men hozir hifz qilyapman, alhamdulillah. Qur’onda zikr qilingan ayollar, jonzotlar va ajoyibotlarni o‘qib, tomosha qilyapman. Negadir Payg‘ambarimiz haqida biror gap eshitsam, ko‘nglim bo‘shab, yig‘lagim keladi.
Lekin yig‘lay olmayapman. Ustoz, bu olayotgan ilmlarim menga ta’sir qilmayotganini bildiradimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Yig‘lash yoki yig‘lay olmaslik — ilmning qabul bo‘lishi yoki bo‘lmasligini bildiradigan mezon emas. Ilmning o‘z egasiga foyda berishi — unga amal qilish bilan o‘lchanadi. Yig‘layotgan odam ham gunoh ish qilishi mumkin, yig‘lamayapti deb kimnidir ilmsiz deyish ham noto‘g‘ri.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Yig‘lash yoki yig‘lay olmaslik — ilmning qabul bo‘lishi yoki bo‘lmasligini bildiradigan mezon emas. Ilmning o‘z egasiga foyda berishi — unga amal qilish bilan o‘lchanadi. Yig‘layotgan odam ham gunoh ish qilishi mumkin, yig‘lamayapti deb kimnidir ilmsiz deyish ham noto‘g‘ri.

Ali ibn Abi Tolib (roziyallohu anhu) aytganlar:
“Ilm amallarni chaqiradi. Agar amal kelmasa, ilm ko‘chib ketadi.”

Demak, asosiy narsa — ilmga amal qilish.
Qur’on ta’sir qilayotganining belgisi — ko‘ngilning yumshashi. Payg‘ambarimizga bo‘lgan muhabbat, dard, yumshoqlik — bu iymon alomatlaridan. Yig‘lay olmaslik — qalbingiz qattiqligini bildirmaydi.

Shunchaki, ilmni manbadan o‘rganing, amal qilishga intiling. Ko‘ngil ta’sirlansa — bu nur ustiga nur. Asosiysi — amal va ixlos.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026