Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Ribo >Bank orqali 3 oyga kredit olib, foiz to‘lanadigan muddatgacha yetkazmay to’lab yuborish.

Bank orqali 3 oyga kredit olib, foiz to‘lanadigan muddatgacha yetkazmay to’lab yuborish.

Nashr sanasi: April 10, 2025

Savol :

Bank orqali 3 oyga kredit olib, foiz to‘lanadigan muddatgacha yetkazmay, 2-3 kun ichida to‘lab yuborish joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Shar’an bu joiz emas. Chunki inson pulni o‘z vaqtida qaytara olishiga kafolat bera olmaydi. Qolaversa, kredit olishda foiz bilan qaytarishga rozi bo‘lib shartnomaga qo‘l qo‘yiladi — bu esa riboga rozilik bildirgan bo‘ladi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar siz kredit olish paytida “uch oydan keyin foizi bilan qaytaraman” degan shartni qabul qilgan bo‘lsangiz, bu foizli shartga rozi bo‘lgan hisoblanasiz. Niyat yaxshi bo‘lsa-da, ya’ni “foiz to‘lashga yetkazmayman, tezda qaytaraman” deb o‘ylasangiz ham, bu hal qiluvchi omil bo‘lmaydi. Chunki siz foizli bitimga kirgansiz.

Shariatda maqsad halol bo‘lishi bilan birga, unga olib boradigan yo‘l — vosita ham halol bo‘lishi lozim.

“Pulni tezroq qaytaraman, foiz to‘lamayman” deb ishonch hosil qilish bilan bu ish halol bo‘lib qolmaydi. Chunki inson o‘zining umriga, hayotiga kafolat bera olmaydi. Aksincha, o‘sha foizli bitim haligacha ustingizda qolaveradi.

Shu sababli, foizli kreditga yaxshi niyat bilan kirish ham shar’an joiz emas.
Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Qarzga olingan puldan, foyda chiqarib berish hukmi.

    February 25, 2025
  • Kelin topib bergani uchun pul olish ribo hisoblanadimi?

    January 5, 2025