Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Hech kimdan hech narsa so’ramaslik.

Hech kimdan hech narsa so’ramaslik.

Nashr sanasi: April 9, 2025

Savol :

Ustoz, Rasululloh ﷺ sahobalariga “Hech kimdan hech narsa so‘ramanglar” deganlar. Bu so‘zlarni biz hayotimizga qanday tatbiq qilishimiz kerak? Uning amaliy tartibi qanday? Men ilm talabaman, oilalimam, ota-onamdan moliyaviy yordam olyapman.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Hech kimdan hech narsa so‘ramaslik — afzal martaba, ammo bu vojib emas. Agar siz hozirda talaba bo’lsangiz, va ota onadan yordam olayotgan bo‘lsangiz, bu holatda sizdan bu martabani ado etish talab qilinmaydi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsi.

Hech kimdan hech narsa so‘ramaslik — harom narsani tark qilish emas, balki yuksak martaba hisoblanadi. Bu — yuqori darajadagi sabr, qanoat va iymon belgisi. Rasululloh ﷺ aytganlar:

“Kim menga bir narsaga kafolat bersa, men unga Jannatga kafolatchiman.”

Ba’zi sahobalar “Men, yo Rasululloh!” deb bu so‘zga amal qilishga va’da berganlar. Rasululloh ﷺ ularni shart bilan bog‘lagan:
“Unda hech kimdan hech nima so‘ramanglar.”

U sahobalar shunchalik amal qilganlar-ki, hatto bitta tayoq yerga tushib ketsa, yonidagidan olib berishini ham so‘rashmasdi.

Bu darajaga yetgan sahobalar kam bo‘lgan. Boshqa sahobalar bunday qilmaganlar, chunki bu majburiy amal emas, balki iroda va sabrga asoslangan martaba. Bu fazilat, insonni mustaqillikka, sabrga, Allohga suyanishga o‘rgatadi.

Agar siz ilm tolibi bo‘lsangiz, oilali bo‘lsangiz va ota-onangizdan yordam olayotgan bo‘lsangiz, bu yomon emas. Aksincha, bu holat — hozirgi ehtiyojni qondirish uchun joizdir. Sharti — siz olgan yordamingizni oqlang: vaqtni behuda sarflamang, ilmda jiddiy bo‘ling, ixtisosli kadrga aylaning.

Ota-onangiz sizga yordam berayapti — bu ularning sizga qilayotgan saxovati va duosidir. Siz esa buning evaziga:

  1. Yaxshi o‘qing.

  2. Vaqtingizni foydali o‘tkazing.

  3. Keyinchalik jamiyatga foydali bo‘ling.

Zero, ilm talabasi — ertaga jamiyatga foyda keltiradigan, yurtga xizmat qiladigan insondir.

Shuningdek, hadislarda aytilgan:

“Beruvchi qo‘l, oluvchi qo‘ldan afzaldir.”
(Berishda qo‘l yuqorida, olishda esa pastda bo‘ladi.)

Demak, har bir mo‘min insonning maqsadi — beruvchi bo‘lish, ya’ni mustaqil, saxiy, sabrli, to‘kis iymon egasi bo‘lish.

Siz hozir ota-onangizga tayanayotgan bo‘lsangiz ham, keyinchalik mana shu yuksak darajaga intiling: hech kimdan hech narsa so‘ramaydigan, balki boshqalarga beradigan inson bo‘ling.


Xulosa:

  • Hech kimdan hech narsa so‘ramaslik — afzal martaba.

  • Talaba bo‘lib, yordam olish — joiz. Ammo shu yordamingizni ilm bilan oqlang.

  • Kelajakda mustaqil bo‘lish va boshqalarga yordam beradigan darajaga yetishga intiling.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Ustoz Yusuf Davron

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ayol kishining WhatsApp va Telegram tarmoqlarida guruh ochib savdo qilishi.

    April 19, 2025
  • Zulqarnayn deb ism qo‘yish joizmi?

    April 19, 2025
  • Boylarning oldida o‘zini xor tutgan kishining dinining uchdan biri ketadi degan hadis bormi?

    April 19, 2025
  • Farzandlarga aliment olish joizmi?

    April 19, 2025
  • Sun’iy idrok (AI), din va musulmonlar

    April 17, 2025
  • Imkoniyatingiz bo’lsa ilm olish afzalmi yoki hojiboshilik?

    April 17, 2025