Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Omad tushunchasi va omad tilashning hukmi nima?

Omad tushunchasi va omad tilashning hukmi nima?

Nashr sanasi: March 11, 2025

Savol :

Ustoz, omad tilashning hukmi nima? Ko‘pchilik “Omadingni bersin”, “Omad senga yor bo‘lsin”, deb duo qiladi. Omad deganda esa tasodifan ro‘y bergan yaxshi hodisani tushunamiz. Ammo hamma narsa Allohning qadari ekan, tasodifiy narsa yo‘q bo‘lsa, omadni qanday tushunishimiz kerak?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Bunga monelik yoq.

Bismillah,

Alloh ta’ologa hamdlar, undan keyin payg’ambar bo’lmaydigan payg’ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomatgacha ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo’lsin.

Vallohu a’lam, bu iborani ishlatishda shar’iy monelik yo‘q. Omad so‘zi forscha bo‘lib, “kelish”, “yetib kelish” ma’nosini anglatadi. Hozirgi kunda esa u baxt ma’nosida ishlatiladi.

“Omadingni bersin”, “Omading kelsin”, degan so‘zlar “baxtingni bersin”, “barakangni ziyoda qilsin”, degan ma’noda Allohdan tilash bo‘ladi. Shuning uchun bu iboralar biron bir noto‘g‘ri e’tiqodga olib boradigan yoki shariatga zid ma’no kasb etadigan gaplar emas.

Vallohu A’lam.

Javob muallifi:

Ustoz Yusuf Davron

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026