Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Agar bir kishi yo‘qligida u haqida gapirilsa va bu gaplardan keyin u ranjimasa, bu g‘iybatga kirmaydimi?

Agar bir kishi yo‘qligida u haqida gapirilsa va bu gaplardan keyin u ranjimasa, bu g‘iybatga kirmaydimi?

Nashr sanasi: February 18, 2025

Savol :

Ustoz, agar bir kishi yo‘qligida u haqida gapirilsa va bu gaplardan keyin u ranjimasa, bu g‘iybatga kirmaydimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Agar u qilgan ishlari haqida maqtov bilan gapirilsa yoki biror joyga borganligi haqida aytilsa, bu g‘iybatga kirmaydi. Ammo unga yoqmaydigan gaplar aytilsa, bu g‘iybat bo‘ladi.

Bismillah,

Alloh ta’ologa hamdlar, undan keyin payg’ambar bo’lmaydigan payg’ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomatgacha ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo’lsin.

Agar biror birodaringiz yo‘qligida u haqida gapirsangiz va aytgan gaplaringiz unga yetib borsa-u, u bundan ranjimasa, bu g‘iybatga kirmaydimi, deb so‘rayapsiz. Bu holat gapirgan narsangizga bog‘liq.

Masalan, agar shunchaki “falon joyga boribdi”, “falon ishni qilibdi” deb oddiy bir xabar bersangiz va u bu gaplardan xafa bo‘lmasa, bunda muammo yo‘q. Xuddi shuningdek, uning yaxshi xatti-harakatlarini tilga olsangiz yoki uni maqtagan bo‘lsangiz, bu ham g‘iybatga kirmaydi.

Lekin agar uning ortidan uni yomonlab gapirsangizu va aytsangiz “bu mening yaqin do‘stim, mendan xafa bo‘lmaydi” deb o‘ylasangiz ham, va u bu gaplarni yoqtirmasa, bu baribir g‘iybatga kiradi. Chunki Rasululloh ﷺ:

“G‘iybat – birodaringni u yoqtirmaydigan narsa bilan tilga olishing” dedilar. 

Shuning uchun biror kishini yo‘qligida gapirayotganingizda o‘zingizni uning o‘rniga qo‘yib ko‘ring. Agar siz haqingizda shunday gap aytilishini yoqtirmasangiz, bilingki, bu g‘iybatdir. Do‘stingiz sizdan xafa bo‘lmasa ham, agar u gapirilgan narsani eshitishni xohlamasa, bu baribir g‘iybat hisoblanadi. Shu sababdan bu narsadan tiyilish kerak.

Vallohu A’lam.

Javob muallifi:

Ustoz Yusuf Davron

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ayol kishining WhatsApp va Telegram tarmoqlarida guruh ochib savdo qilishi.

    April 19, 2025
  • Zulqarnayn deb ism qo‘yish joizmi?

    April 19, 2025
  • Boylarning oldida o‘zini xor tutgan kishining dinining uchdan biri ketadi degan hadis bormi?

    April 19, 2025
  • Farzandlarga aliment olish joizmi?

    April 19, 2025
  • Sun’iy idrok (AI), din va musulmonlar

    April 17, 2025
  • Imkoniyatingiz bo’lsa ilm olish afzalmi yoki hojiboshilik?

    April 17, 2025