Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >Qanday maqsadda foydalanilishi aniq bo‘lmagan uydan zakot beriladimi?

Qanday maqsadda foydalanilishi aniq bo‘lmagan uydan zakot beriladimi?

Nashr sanasi: February 2, 2025

Savol :

Ustoz, ortiqcha pulimga qurilishi hali bitmagan ko‘p qavatli uyidan xonadon sotib oldim. Qurilishi tugagandan keyin uni nima qilishim hali aniq emas. Uni ikkinchi ro‘zg‘or uchun ishlatishim, farzandlarimga meros qoldirishim yoki yaxshi foyda bo‘lsa, sotishim mumkin. Shu uyimdan zakot chiqaramanmi?



Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Agar qanday maqsadda foydalanilishi aniq bo‘lmasa, unda bu uydan zakot berilmaydi.

Bismillah,
Alloh ta’ologa hamdlar, undan keyin payg’ambar bo’lmaydigan payg’ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomatgacha ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo’lsin.

Zakot faqat tijorat molidan chiqariladi. Tijorat moli deb, agar biror narsa aniq foyda olish maqsadida sotib olingan bo‘lsa, shunga tijorat moli deyiladi. Ammo savolda aytilganidek, agar ikkilanib turgan bo‘lsa, ya’ni nima qilishini aniq bilmasa, xohlasa o‘zi yoki farzandlari ishlatishi mumkin, xohlasa sotib yuborishi mumkin. Agar sotib olishda niyat aniq bo‘lmasa, ya’ni tijorat maqsadida emas, balki foydalanish yoki qarorsizlik (taraddud) holati bo‘lsa, unda bu moldan zakot chiqarish joiz emas.

Vallohu A’lam.

Javob muallifi:

Ustoz Yusuf Davron

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Sotilgan yer davlat tomonidan olib qo‘yilsa.

    April 19, 2025
  • Zakot berish shakli

    April 13, 2025
  • Ehrom yangi, ya’ni ilgari kiyilmagan bo‘lishi kerakmi

    April 12, 2025
  • Shifokor adashib boshqa tishni olib tashlasa, bu holatda nima qilish kerak?

    April 11, 2025
  • Hijoma ro’zani buzadimi?

    March 6, 2025
  • Uy sotib olish uchun bir necha yil zakot to‘plash hukmi

    March 4, 2025