Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >Bugungi kunda fitr zakotini pul bilan ado etish joizmi?

Bugungi kunda fitr zakotini pul bilan ado etish joizmi?

Nashr sanasi: January 20, 2025

Savol :

Ustoz, fitr zakoti faqat taom bilan chiqarilishi shart deb eshitdim. Jamoatimiz bilan fitr zakotimizni pulga aylantirib, uzoqdagi muhtojlarga yetkazmoqchi edik. Bugungi holatda fitr zakotini pul bilan ado etsak, joiz bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Fitr zakotini naqd pul bilan berish masalasi ulamaolr nazarida ihtilofli masala.

Bismillah,

Alloh ta’ologa hamdlar, undan keyin payg’ambar bo’lmaydigan payg’ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomatgacha ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo’lsin.

Fitr Zakoti Pul Bilan Berish Masalasi

Fitr zakotini naqd pul bilan berish masalasi ulamolar o‘rtasida ixtilofli masala hisoblanadi. Aksariyat ulamolar fitr zakotini taom shaklida berish shart, pul bilan berilsa zakot o‘tmaydi, deydi. Biroq Hanafiy mazhabining ayrim ulamolari va boshqa ba’zi olimlar naqd pul bilan berishni ham joiz deb hisoblagan.

Ehtiyotkorlik Va Ibodatning Afzal Amal Qilish Shakli

Ibodat masalalarida ehtiyotkorlik muhim. Agar aksariyat ulamolar fitr zakotini pul bilan berish o‘tmaydi, deb ta’kidlaganlar. Chunki “pul berish foydaliroq bo‘ladi”, deb o‘ylab, lekin zakotni haqiqiy maqsadiga yetkazilmagan bo‘lsa, ibodat to‘liq ado etilgan hisoblanmaydi.

Taom bilan berilsa, barcha ulamolar nazarida zakot o‘tgan hisoblanadi. Hatto “pul bilan bersa bo‘ladi” degan ulamolar ham taom bilan berishda ixtilof yo‘qligini e’tirof etgan. Demak, taom bilan berish afzal va shak-shubhasiz amal sanaladi.

Shayxul Islomning Qavllari

Shayxul Islom rahimahulloh bu masalada o‘rtacha yo‘lni tanlaganlar. Zarurat bo‘lganda, naqd pul bilan berish ham mumkin, deganlar. Agar biror joyda taom bilan berishning imkoni bo‘lmasa, masalan, G‘azzodagi birodarlarga taom yetkazish yoki kimnidir vakil qilish imkoniyati bo‘lmasa, taom sotib olishga odam topilmasa, pul bilan berish ham inshaalloh zakot o‘tgan hisoblanadi.

Shunday hollarda, ochlikni bartaraf etish va zaruratni qondirish uchun taom bilan zakot chiqarish imkoni bo‘lmasa, zakotni pul bilan berishga to‘g‘ri keladi. Lekin agar imkon bo‘lsa, zakotni taom shaklida yetkazish eng afzal amaldir.

Oldindan Tayyorlanish Afzalligi

Agar zakot pullarini oldindan yig‘ib, keyin bir kun qolganda taqsimlash imkoniyati bo‘lsa, bu eng yaxshi yo‘l sanaladi. Chunki bu bilan barcha ulamolarning fikriga muvofiq ravishda ish tutiladi va ixtilofdan chiqiladi.

Zakotni eng kamida hayitga chiqishdan oldin berish afzal, bir kun oldin bersa ham joiz. Lekin undan oldin bersa, “o‘tmaydi”, degan ulamolar ham bor. Shuning uchun, agar taom olib tarqatish uchun bir kun yetarli bo‘lmasa, zakotni Ramazon oyining istalgan paytida chiqara boshlash mumkin. Bu jarayonda u yerdagi birodarlar vakil qilinib, taom olib, tayyorlanadi va haqdorlarga bir-ikki kun qolganda tarqatiladi.

Zakotni Yetkazish Vaqti Muhim

Zakotni kimdir vakil orqali bersa, zakot faqat haqdorning qo‘liga yetib borgan vaqtdan boshlab hisoblanadi. Masalan, siz zakotingizni vakilga Ramazon oyida topshirsangiz ham, agar vakil uni hayitdan keyin yetkazsa, zakotingiz vaqtida ado etilgan hisoblanmaydi. Demak, oldindan chiqarib qo‘yilgan zakotni vakil bir kun qolganda tarqatishi shart.

Shu sababli, zakot pullarini oldindan yig‘ib, taom sotib olish va tarqatish uchun tayyorlanish zarur. Pul oldindan berilib, vakilga vazifa yuklatiladi: taomni aynan belgilangan vaqtda tarqatish. Bu holatda inshaalloh zakot ado etiladi.

Vallohu A’lam.

Javob muallifi:

Ustoz Yusuf Davron

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ko‘chada namoz o‘qish imkoniyati yo‘q bo‘lsa, ayol namozni jamlasa bo‘ladimi?

    May 26, 2025
  • Qattiq g‘azab yoki sehr ta’sirida berilgan taloq shariatda o‘tadimi?

    May 26, 2025
  • Xaridor uyimni bank krediti orqali olmoqchi. Men bu holda sotishim joizmi?

    May 24, 2025
  • Amakim vafot etgan, uning yetim farzandlari bor. Buvamning hovlisida yashashyapti. Hali buvam tirik. Bu hovlida u farzandlarning haqi bormi?

    May 24, 2025
  • Jamoat namozida bir rakatni unutib salom bergan kishi: qaytib o‘qisa namozi sahih bo‘ladimi?

    May 24, 2025
  • Er ayoli uyda bo‘lmasa ham uning navbatida o‘sha uyda qolishi adolat sanaladimi? Ayolining rozi bo‘lmasligi xatomi?

    May 23, 2025