Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >Ajrashgan ayolning mahramsiz yashashi hukmi.

Ajrashgan ayolning mahramsiz yashashi hukmi.

Nashr sanasi: January 15, 2025

Savol :

Ajrashgan ayol maxramlarisiz, ya’ni ota-onasi, aka-ukasi yoki yaqinqarindoshlarisiz yolg‘iz yashashi mumkinmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Agar u taqvodor va ishonchli insonlar atrofida, hatto alohida uyda yashasa ham, fitnadan himoyalanganligini his qilsa, bunda hech qanday muammo yo‘q.

Bismillah,

Alloh ta’ologa hamdlar, undan keyin payg’ambar bo’lmaydigan payg’ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomatgacha ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo’lsin.

Agar ayol fitnaga tushishdan xavf qilmasa, o‘zining xavfsizligiga ishonsa va unga nisbatan yomon gumon qilinmasligiga ishonch hosil qilgan bo‘lsa, yolg‘iz yashashida hech qanday muammo yo‘q. U xavfsizlikni his qilib, hech qanday tahdid yoki ayblovlarga duchor bo‘lmasa, bu joizdir.

Biroq, o‘zini himoya qila oladigan va ehtiyojlarini qondirishga yordam bera oladigan insonlar bilan birga yashashini maslahat bergan bo‘lar edim. Bu, ehtimoliy salbiy oqibatlarning oldini olish uchun muhimdir. Chunki, agar kimningdir qalbida buzuq niyat bo‘lsa, u uning yolg‘izligidan foydalanib, unga nisbatan yomon ish qilishga jazm qilishi mumkin. Ammo ayol yolg‘iz yashamasa va atrofida erkaklar, masalan, yaqin qarindoshlar yoki ishonchli qo‘shnilar bo‘lsa, bunday kimsalar odatda bu kabi yomon ishlarga qo‘l urmaydilar.

Agar u taqvodor va ishonchli insonlar atrofida, hatto alohida uyda yashasa ham, fitnadan himoyalanganligini his qilsa, bunda hech qanday muammo yo‘q.

Javob muallifi:

Shayx Xolid al-Fulayj

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Homilador holimda erim Rossiyaga olib ketmoqchi, itoat qilmasam bo‘ladimi?

    February 17, 2026
  • Erining so‘kishi va sansirashi yoqmaydigan ayolning savoli.

    February 17, 2026
  • Yoshi katta nomahram qarindosh ayollar bilan qanday ko‘rishish kerak?

    February 13, 2026
  • Muammolardan qutulish uchun Baqara surasini o‘qishning dalili bormi?

    February 13, 2026
  • “Vallohi” deb yolg‘on qasam ichish hukmi.

    February 13, 2026
  • Kundur hidiga jinlar kelmaydimi?

    February 13, 2026