Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >Og‘izda saqich bo‘lgan holda qilingan namoz qabul bo‘ladimi?

Og‘izda saqich bo‘lgan holda qilingan namoz qabul bo‘ladimi?

Nashr sanasi: January 13, 2025

Savol :

Og‘izda saqich bo‘lgan holda qilingan namoz qabul bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Allohga bo‘lgan hurmat va ulug‘lashning ko‘rinishlaridan biri — Uning huzurida kamtarlik bilan, xorlikni his qilishlikdir. Shuning uchun saqich bilan yoki, yana ham yomoni, uni chaynagan holda namoz o‘qish noto‘g‘ridir.

Bismillah,

Alloh ta’ologa hamdlar, undan keyin payg’ambar bo’lmaydigan payg’ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomatgacha ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo’lsin.

Agar saqich og‘izda bo‘lsa, lekin u chaynalmayotgan yoki til bilan harakatlantirilmayotgan bo‘lsa, bu namozda mumkin bo‘lmagan begona harakatlarga kiruvchi makruh amallardan biri hisoblanadi. Musulmon kishi namozning ahamiyatini his qilishi va Allohning huzurida turganida, Unga nisbatan kamtarlik va hurmatni saqlashi kerak. Agar o‘sha odam biror yuqori lavozimli shaxs yoki davlat rahbari oldida turganida edi, og‘zida saqich bilan turishga uyalgan bo‘lardi. Afsuski, ko‘pincha odamlar maxluqotlar oldida Allohdan ko‘ra ko‘proq hurmat va qo‘rquvni namoyon qiladilar.

Allohga bo‘lgan hurmat va ulug‘lashning ko‘rinishlaridan biri — Uning huzurida kamtarlik bilan, xorlikni his qilib va Unga bo‘ysungan holda turishdir. Shuning uchun saqich bilan yoki, yana ham yomoni, uni chaynagan holda namoz o‘qish noto‘g‘ri va Allohga bo‘lgan hurmat va kamtarlikka mutlaqo muvofiq emas.

Vallohu A’lam

Javob muallifi:

Shayx Xolid al-Fulayj

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Shariatga xilof narsalar ham sotiladigan omborxonada ishlash hukmi.

    April 15, 2026
  • Ruqyada oyat va hadisdan boshqa duo qilsa ham bo‘ladimi?

    April 15, 2026
  • Inson ajalini oldindan sezishi mumkinmi?

    April 13, 2026
  • Tik-tokda video ko‘rishni tashlay olmayotgan do‘stimga nasihat qiling.

    April 13, 2026
  • “Grin karta” o‘ynash ham lotereya kabi harommi?

    April 9, 2026
  • Oylikka ishlaydigan odam ham Allohdan boylik so‘rasa bo‘ladimi?

    April 8, 2026