Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Musulmon kishi birodarini norozi yuz bilan qarshi olishi.

Musulmon kishi birodarini norozi yuz bilan qarshi olishi.

Nashr sanasi: January 13, 2025

Savol :

Agar musulmon birodarim meni tabassum bilan kutib olgan bo‘lsa, lekin men uni norozi yuz bilan, qovog‘imni osib qarshi olgan bo‘lsam, gunoh qilgan bo‘lamanmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Shariatga muvofiq sabab bo‘lsa, masalan, u inson fosiq yoki gunohkor bo‘lsa, bu holda uni qovog‘ingiz osilgan yuz bilan qarshi olishda hech qanday muammo yo‘q. Ammo, agar u taqvodor va solih inson bo‘lsa va u sizga xursand yuz bilan murojaat qilgan bo‘lsa, siz uni g‘amgin yuz bilan kutib olsangiz, uni xafa qilasiz.

Bismillah,

Alloh ta’ologa hamdlar, undan keyin payg’ambar bo’lmaydigan payg’ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomatgacha ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo’lsin.

Nega musulmon birodaringizga qovog‘ingiz osilgan holda javob berdingiz?

Bir inson sizni tabassum bilan kutib olganda, uni qovog‘ingiz osilgan yoki g‘amgin yuz bilan qarshi olish musulmonga xos xulq emas. Musulmonning sifatlaridan biri — o‘zining dinidagi birodariga nisbatan kamtar bo‘lishidir.

Bu haqda Alloh taolo shunday degan: “Ular mo`minlarga xokisor, kofirlarga qattiqqo`l,” (Maida, 54-oyat).

Agar birodaringiz sizni tabassum bilan qarshi olsa, siz ham uni tabassum bilan kutib olishingiz kerak. Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytganlar: “Hech qanday yaxshilikni kam hisoblamang, hatto birodaringizni xursand yuz bilan qarshi olishni ham.”

Agar siz birodaringizni xursand yuz bilan qarshi olsangiz, bu sadaqaga o‘xshaydi va siz bunga savob olasiz. Ammo, agar siz uni g‘amgin yoki qovog‘ingiz osilgan yuz bilan qarshi olsangiz va bu hol uni g‘amga, tashvishga yoki bezovtalikka solsa, siz buning uchun gunoh olishingiz mumkin.

Shariatga muvofiq sabab bo‘lsa, masalan, u inson fosiq yoki gunohkor bo‘lsa, bu holda uni qovog‘ingiz osilgan yuz bilan qarshi olishda hech qanday muammo yo‘q. Ammo, agar u taqvodor va solih inson bo‘lsa va u sizga xursand yuz bilan murojaat qilgan bo‘lsa, siz uni g‘amgin yuz bilan kutib olsangiz, uni xafa qilasiz. Musulmon kishilarni xafa qilish yoki tashvishga solish esa joiz emas.

Vallohu A’lam

Javob muallifi:

Shayx Xolid al-Fulayj

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ayol kishining WhatsApp va Telegram tarmoqlarida guruh ochib savdo qilishi.

    April 19, 2025
  • Zulqarnayn deb ism qo‘yish joizmi?

    April 19, 2025
  • Boylarning oldida o‘zini xor tutgan kishining dinining uchdan biri ketadi degan hadis bormi?

    April 19, 2025
  • Farzandlarga aliment olish joizmi?

    April 19, 2025
  • Sun’iy idrok (AI), din va musulmonlar

    April 17, 2025
  • Imkoniyatingiz bo’lsa ilm olish afzalmi yoki hojiboshilik?

    April 17, 2025