Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >Muslima ayol Islom diniga kirgunga qadar kiygan kiyimlarini nima qilish kerak?

Muslima ayol Islom diniga kirgunga qadar kiygan kiyimlarini nima qilish kerak?

Nashr sanasi: January 12, 2025

Savol :

Muslima ayol Islom diniga kirgunga qadar kiygan kiyimlarini nima qilish kerak? Uni sotish, boshqa singlisiga berishi yoki yoqishi kerakmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Kiyimning qanday turda ekanligiga qarab hukmi o‘zgaradi.

Bismillah,

Alloh ta’ologa hamdlar, undan keyin payg’ambar bo’lmaydigan payg’ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomatgacha ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo’lsin.

Avvalo, kiyimning qanday turda ekanini ko‘rib chiqish lozim. Agar u ayol tanasining bir qismini ochib tursa, masalan, tananing avratini yoki son kabi qismlarini ochib turuvchi kiyimlar bo‘lsa, bunday kiyimlarni faqat eri oldida kiyishi mumkin.

Agar kiyim shariatga to‘g‘ri kelmaydigan, masalan, harom sanaladigan tasvirlar tushirilgan bo‘lsa, bunday tasvirlarni o‘chirish kerak. Odatiy kiyimlar, ya’ni avratini ochmaydigan va harom tasvirlari bo‘lmagan kiyimlarni esa o‘zida saqlab, boshqa ayollar oldida kiyishda hech qanday muammo yo‘q.

Shunday qilib, hukm kiyim turiga bog‘liq bo‘ladi.

Vallohu A’lam

Javob muallifi:

Shayx Xolid al-Fulayj

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026