Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >It tekkan kiyimda namoz o‘qish.

It tekkan kiyimda namoz o‘qish.

Nashr sanasi: January 9, 2025

Savol :

Ustoz, kiyimga itning so‘lagi tegsa yoki kiyimni it yalasa, shu kiyim bilan namoz o‘qisa bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Agar itning so‘lagi tegsa yoki kiyimni it yalasa, o‘sha kiyimda namoz o‘qish joiz emas.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar bo‘lmaydigan payg‘ambar – Muhammad sollallohu alayhi vasallamga, u zotning oilasi va sahobalariga hamda to qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salavot va salomlar bo‘lsin.

It najas hisoblanadi. It tekkan narsa, jumladan, so‘lagi ham najas sanaladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “It sizlardan birortangizning idishiga tegsa, uni yetti marta yuvib, ulardan birini tuproq bilan yuvsin,” deganlar.

Mazkur hadis asosida ulamolar itning najosati og‘ir najosat ekanini ta’kidlaganlar. Oddiy najosatlardan ko‘ra hukmi og‘irroq, chunki boshqa najosatlar uch marta yuviladi yoki najosat ketmaguncha yuviladi. Hatto ayrim ulamolar uch marta yuvish shart emas, deb hisoblashadi. Lekin itning najosati yetti marta yuvilib, ulardan biri tuproq bilan yuvilishi kerak.

Demak, itning najosati og‘ir najosat sanaladi. Shariatda uzrsiz yoki ruxsat berilgan hollardan boshqa paytda it boqishni man qilgan. Agar itning so‘lagi kiyim yoki boshqa narsaga tegsa, uni yuvish va najosatni ketkazish lozim. Idishlar va shunga o‘xshash narsalar yetti marta yuvilib, ulardan biri tuproq bilan yuvilishi shart.

Ba’zi ulamolar zarar yetadigan nozik matolar, masalan, ipak kabi narsalarni tuproq bilan yuvish shart emas, deb hisoblashgan. Bunday hollarda faqat suv bilan yetti marta yuvish kifoya qiladi. Aslida it tekkan narsani yetti marta yuvib, ulardan biri tuproq bilan yuvilishi shart.

Itning tanasi tegib ketsa ham shundaymi?

Bu masalada ba’zi ulamolar kiyimni almashtirish yoki yuvish kerak, deb hisoblaydi. Lekin bu shart emas. Agar itning tanasi quruq bo‘lsa va kiyim ham quruq bo‘lsa, najosat o‘tmaydi. Chunki ulamolar: “Quruq narsa quruq narsaga tegsa, najosat o‘tmaydi,” degan qoida asosida hukm qilganlar.

Ammo itning so‘lagi yoki tanasida namlik bo‘lsa, masalan, it terlab turgan yoki yomg‘irda ho‘l bo‘lib yoki suvga tushib chiqqan bo‘lsa va kiyimga tegsa, bu holatda kiyim najas bo‘ladi va uni yuvish farz bo‘ladi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Ustoz Yusuf Davron

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Odamlar orasida Qur’on o‘qisa, riyo bo‘lib qoladimi?

    January 9, 2025
  • Qabrdagi solih kishilarni vosita qilib duo qilish joizmi?

    January 8, 2025
  • Bitta o‘g‘il farzandga uy meros qilib qoldirish.

    January 8, 2025
  • Qur’on tilovatidan keyin uning savobini boshqalarga bag‘ishlash joizmi?

    January 7, 2025
  • Jannatdagi hurlar kimga beriladi.

    January 7, 2025
  • Insonni protezlari bilan dafn qilish hukmi.

    January 7, 2025