Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >Insonni protezlari bilan dafn qilish hukmi.

Insonni protezlari bilan dafn qilish hukmi.

Nashr sanasi: January 7, 2025

Savol :

 Insonni protezlari bilan dafn qilish mumkinmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Protezni yechib qo‘yish imkoni bo‘lsa, yechish kerak. Agar yechish mayyitning jasadiga zarar yetkazsa, unda qoldirish afzal.

Bismillah,

Alloh ta’ologa hamdlar, undan keyin payg’ambar bo’lmaydigan payg’ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomatgacha ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo’lsin.

Agar protezlar metall qismlarga ega bo‘lsa, insonni ular bilan birga dafn qilmaslik afzal. Marhumning oilasi protezlarni ehtiyojmandlarga sadaqa sifatida berishlari ma’qul. Chunki, protezlarni marhum bilan birga dafn qilish bu mol-mulkning behuda yo‘qolishiga olib keladi.

Yaxshi oqibatga erishishiga yoki qabr azobidan qutulishiga umid qilgan holda, musulmon kishi olov tekkan buyumlar bilan dafn qilinmasligi kerak.
Shuning uchun agar, marhumda protez bo‘lsa, uni echib, ehtiyojmandlarga yoki shifoxonaga topshirish ma’qul, ular buni boshqa muhtojlarga berishlari mumkin.

Biroq, agar protezni yechib bo‘lmasa yoki uni yechish uchun marhumning tana a’zolarini kesish kerak bo‘lsa, bu holda protez bilan birga dafn qilishga ruxsat berilgan va bunda gunoh yo‘q.

Vallohu A’lam

Javob muallifi:

Shayx Xolid al-Fulayj

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Shariatga xilof narsalar ham sotiladigan omborxonada ishlash hukmi.

    April 15, 2026
  • Ruqyada oyat va hadisdan boshqa duo qilsa ham bo‘ladimi?

    April 15, 2026
  • Inson ajalini oldindan sezishi mumkinmi?

    April 13, 2026
  • Tik-tokda video ko‘rishni tashlay olmayotgan do‘stimga nasihat qiling.

    April 13, 2026
  • “Grin karta” o‘ynash ham lotereya kabi harommi?

    April 9, 2026
  • Oylikka ishlaydigan odam ham Allohdan boylik so‘rasa bo‘ladimi?

    April 8, 2026