Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >Gilamdagi najosat qanday poklanadi?

Gilamdagi najosat qanday poklanadi?

Nashr sanasi: January 4, 2025

Savol :

Ustoz, gilamlar najosatdan qanday poklanadi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Najosatni ketkazib, so’ng suv bilan 2-3 marta yuviladi.

Bismillah,

Alloh ta’ologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar bo‘lmaydigan payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va to qiyomatgacha ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo‘lsin.

Gilamni najosatdan poklash, haqiqatan ham, muhim va o‘rganish zarur bo‘lgan savoldir. Agar engil kiyim yoki biror matoh va boshqa shunga o‘xshash narsalarga najosat tegsa, uni yuvib, siqib ilib qo‘yish mumkin. Ammo gilamga o‘xshash og‘ir narsalar, ba’zi o‘rindiqlar yoki shunga o‘xshash buyumlarni siljitish qiyin bo‘ladi. Ulamolar, agar gilamga najosat tegsa, birinchi navbatda najosatning hajmini olib tashlashni maslahat berishadi. Agar najosat katta bo‘lsa yoki qon bo‘lsa, uni iloji boricha olib tashlash kerak.

Agar hajmi yo‘q bo‘lgan najosat bo‘lsa, masalan, bavlga o‘xshagan, unda uni shimdirib olish kerak. Keyin ustidan toza suv quyib, boshqa latta yoki mato bilan artib, shu tarzda ikki-uch marta yuvish kerak. InshaAlloh, shunday qilinsa, gilam poklanadi.

Agar gilamdagi najosat qurib qolgan bo‘lsa, ho‘l narsa tegmasa, najosat o‘tmaydi. Ho‘l narsa tegsa, najosat o‘tishi mumkin. Shu sababli najosatni tezroq tozalash kerak. Qurigan najosat esa, agar oyoq yoki paypoq bilan bosilgan bo‘lsa, va ho‘l bo‘lmagan holda tegsa, najosat o‘tmaydi. Agar ho‘l narsa bilan bosilgan bo‘lsa, boshqa joylarga ham najosat tarqaydi. Tezroq poklash va iloji boricha najosatni to‘liq olib tashlash tavsiya etiladi.

Agar gilamni bir chetida najosat bo‘lsa, boshqa chetida najosat bo’lmasa namoz o‘qisa bo‘laveradi.

Vallohu A’lam

Javob muallifi:

Ustoz Yusuf Davron

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Hayvonlarni hayvonot bog‘ida saqlash ularga zulm emasmi? Bu gunoh emasmi?

    October 10, 2025
  • Hayz tugagan kunning ertasiga yana qizil aralash oqlik kelsa, namozlar nima bo‘ladi?

    October 4, 2025
  • Yubiley va tug‘ilgan kunlar o‘tkaziladigan oshxonada halol taom bo‘lsa, u yerda ovqatlanish yoki taom xarid qilish joizmi?

    October 4, 2025
  • Klinikada ishlayman. Ba’zan bemorga yordam bo‘lsin deb, ikkita tishni davolab, kassada bitta deb yozaman. Bu ishim joizmi?

    October 3, 2025
  • Bir odam vafot etib, mulklar qoldirdi. Katta o‘g‘il: “Otam bilan birga ishlaganim uchun bu uy va mashina meniki bo‘ladi, qolgan merosni taqsimlang”, deb turibdi. Shu holatda bu narsalar to‘g‘ridan meros bo‘lib hisoblanadimi yoki u da’vo qilayotgan mulklar haqiqatan unga tegishli bo‘lishi mumkinmi?

    October 2, 2025
  • Bir tanishim: “Yillar davomida Allohdan so‘rayman, lekin yomon odatlarimdan chiqa olmayapman. Demak, taqdirimda shunday yozilgan”, deydi. Bu to‘g‘rimi?

    October 2, 2025