Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Zinodan saqlanish uchun eslatma

Zinodan saqlanish uchun eslatma

Nashr sanasi: September 9, 2025

Savol :

Men hozirda zino degan sinov bilan sinalyapman. Yoshim uylanadigan yoshga yetgan. Oldimda hali uylanmagan akam bor. Uylanishga ozmi-ko‘pmi sharoitim bor. Uylanay desam, ota-onam akadan oldin uylanishimga rozi bo‘lishmaydi. Bir so‘z bilan aytganda, zino qilishga hamma sharoit mavjud.

Qiyomat kunida Allohning rahmatini o‘ylasam, bir tarafdan nafsim ham bo‘sh kelmayapti. Eslatma va to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishingizni so‘rayman.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Zinodan saqlanishning eng to‘g‘ri yo‘li Rasululloh ﷺ aytib bergan yo‘llardir. Rasululloh ﷺ aytdilar: “Ey bo‘ydoqlar, sizlardan kim uylanishga qurbi yetsa, uylansin. Kimning qurbi yetmasa, u ro‘za tutsin. Chunki ro‘za uni nafsdan tiyadi.” Agar inson ko‘zini tiyib, Qur’on o‘qib, ro‘za tutib, toat-ibodat bilan mashg‘ul bo‘lsa, qalbida iymon halovatini his qiladi. Alloh taolo O‘zi hidoyat beradi va O‘zi tiyib qo‘yadi.

Bismillah, alhamdulillah, va salatu va salom ‘ala Rasululloh, va ba’d. Sizga to‘g‘ri yo‘l Rasululloh ﷺ aytib bergan yo‘llardir.

Rasululloh ﷺ aytdilar: “Ey bo‘ydoqlar, sizlardan kim uylanishga qurbi yetsa, uylansin. Kimning qurbi yetmasa, u ro‘za tutsin. Chunki ro‘za uni nafsdan tiyadi.”

Ya’ni siz uchun ikki yo‘l bor: yo uylanish, yo ro‘za tutish. Agar “ro‘za tutsam ham meni qaytarmayapti” desangiz, unda uylanishdan boshqa yo‘l qolmaydi. Nega zinoga qo‘l urasiz? Undan ko‘ra sharoitingizni topib, bitta xotinga uylaning. Zino qilish hech qachon joiz emas.

Agar ota-onangiz sizni uylanishdan to‘sib tursa, ular ham gunohkor bo‘ladi. Shu savollaringizni ota-onangizga ham eshittiring. Masalan, kimdir ularga: “O‘g‘lingiz domlaga savol beribdi, uylanish istayapti, lekin siz ruxsat bermayapsiz. Shu sababli zino qilmoqchi ekan” desa, o‘ylab ko‘rishadi. Balki qalblari yumshab, sizga to‘siq bo‘lishdan qaytishar. Chunki bolaning zino qilish darajasigacha borib qolishiga sabab bo‘lish – haqqa to‘sqinlikdir.

Shuning uchun ota-ona bu masalada tushunishi, vazifasini ado qilishi lozim. Hozirgi zamonda fitna ko‘p, muhit hamma tomondan zinoga chorlayapti. Bunday paytda o‘zini saqlash juda qiyin, shuning uchun uylanish kerak.

Sabablarni qo‘lga oling: Allohdan yordam so‘rang, ro‘za tuting, halol yuring, ko‘zingizni saqlang. Odam ko‘pincha o‘zi sababchi bo‘ladi – ko‘z zinosi bilan, ko‘chada nomahramlarga qarash yoki filmlar ko‘rish bilan. Shundan keyin zinoga moyillik kuchayadi.

Ammo agar inson ko‘zini tiyib, Qur’on o‘qib, ro‘za tutib, toat-ibodat bilan mashg‘ul bo‘lsa, qalbida iymon halovatini his qiladi. Alloh taolo O‘zi hidoyat beradi va O‘zi tiyib qo‘yadi.

Wallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ikki bolasi bor ayol “ortiq tug‘mayman” deyishga haqqi bormi?

    November 28, 2025
  • Farzandlar orasida yaxshi ko‘rishda ham adolat qilish kerakmi?

    November 28, 2025
  • Har qanday sabab natija olib keladimi?

    November 27, 2025
  • Ona bolasining nafaqa pulini ehson qilsa bo‘ladimi?

    November 26, 2025
  • Bolalar jonli narsalar rasmini bo‘yasa bo‘ladimi?

    November 8, 2025
  • Mijozlar kartaga pul o‘tkazsa, dollar kursiga 50 so‘m qo‘shib hisoblash hukmi.

    October 31, 2025