Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Zapravkada bonus olishga oid savol.

Zapravkada bonus olishga oid savol.

Nashr sanasi: January 31, 2026

Savol :

Biz Rossiyada haydovchi bo‘lib ishlaymiz. Zapravkada aksiya bor: sizga maxsus kod beriladi. Agar biror tanishingiz kelib, shu kod orqali o‘z raqamini qo‘shsa, sizga ham, tanishingizga ham bonus beriladi.

Savolim shuki: agar hech kimni qo‘shmasdan, shunchaki yangi raqam olib, o‘sha kod orqali benzin quyib, ikkala tomonga beriladigan bonusni o‘zingiz olsangiz, bu halol bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar bu bonusni sotuvchi (kompaniya) o‘zi hadya sifatida berayotgan bo‘lsa, bunda aslida muammo yo‘q. Ya’ni mahsulotning narxi bir xil bo‘lib, faqat odamlarni jalb qilish uchun qo‘shimcha sovg‘a yoki bonus berilsa, bu joiz.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar bu bonusni sotuvchi (kompaniya) o‘zi hadya sifatida berayotgan bo‘lsa, bunda aslida muammo yo‘q. Ya’ni mahsulotning narxi bir xil bo‘lib, faqat odamlarni jalb qilish uchun qo‘shimcha sovg‘a yoki bonus berilsa, bu joiz.

Ammo bu yerda muhim bir nozik jihat bor.

Agar zapravkada ishlayotgan xodim (yoki tizimdan xabardor bo‘lgan shaxs) bilgan holda, aslida boshqa mijozlar uchun mo‘ljallangan bonusni o‘zlashtirib olsa, bu:

  • ishlayotgan joyiga xiyonat qilish,

  • va amalda o‘g‘rilik hukmiga yaqin bo‘ladi.

Shuning uchun savol shunday qo‘yiladi:
Sizning bu qilayotgan ishingizdan ish boshqaruvchingiz yoki ish egasi xabardormi?

  • Agar u bilsa va: “Farqi yo‘q, bunga ruxsat,” desa — joiz bo‘ladi.

  • Agar: “Bu bonus xodimlar uchun emas, balki tashqi mijozlarni jalb qilish uchun,” desa — unda siz egasining maqsadiga xilof ish qilgan bo‘lasiz, bu esa joiz bo‘lmaydi.

Agar ish egasi:

“Bu bonus kimga chiqsa ham farqi yo‘q, tizim shunaqa,”
desa — unda olish mumkin.

Ammo agar bu aksiya:

“Odamlar ko‘proq mijoz olib kelsin, savdo oshsin,”
degan maqsadda qilingan bo‘lsa, va siz bu maqsadni aylanib o‘tayotgan bo‘lsangiz, bu halol bo‘lmaydi.


Xulosa:
Bonus:

  • ish egasining roziligi bilan bo‘lsa — halol,

  • ish egasining maqsadiga xilof va xabarisiz bo‘lsa — joiz emas.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

2

  • Homilador holimda erim Rossiyaga olib ketmoqchi, itoat qilmasam bo‘ladimi?

    February 17, 2026
  • Erining so‘kishi va sansirashi yoqmaydigan ayolning savoli.

    February 17, 2026
  • Yoshi katta nomahram qarindosh ayollar bilan qanday ko‘rishish kerak?

    February 13, 2026
  • Muammolardan qutulish uchun Baqara surasini o‘qishning dalili bormi?

    February 13, 2026
  • “Vallohi” deb yolg‘on qasam ichish hukmi.

    February 13, 2026
  • Kundur hidiga jinlar kelmaydimi?

    February 13, 2026