Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Yoshligida yigitlar bilan gaplashgan qizlar erga tekkach bu ishini aytishi kerakmi?

Yoshligida yigitlar bilan gaplashgan qizlar erga tekkach bu ishini aytishi kerakmi?

Nashr sanasi: October 7, 2025

Savol :

Yosh qizlar ba’zida bilib-bilmay, bexabar holda o‘g‘il bolalar bilan gaplashib qo‘yishadi.
Vaqt o‘tib, ular turmushga chiqishgach, shu o‘tgan xatolari erga aytilishi kerakmi yoki aytilmasligi kerakmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Yo‘q, bunday narsalar erga aytilmaydi. Bu ishni aytish — hikmatsizlik bo‘ladi, natijada oilani buzishga sabab bo‘lishi mumkin.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Yo‘q, bunday narsalar erga aytilmaydi.
Bu ishni aytish — hikmatsizlik bo‘ladi, natijada oilani buzishga sabab bo‘lishi mumkin.

Ba’zi erlar ayollarni aldab, samimiyat bahonasida:

“Keling, bir-birimizga hamma sirlarimizni aytaylik,”
deyishadi. Bu esa shaytonning hiylasi. U shunday yo‘l bilan oilalarning tinchini buzadi.

O‘tgan ish — o‘tgan. Istig‘for aytish kifoya.
U xato tugagan, Alloh uni yopgan. Endi siz ham u ishni qayta eslamang, eslatmang.


Muomala masalasi:

Ba’zi ayollar o‘zicha o‘ylaydi:

“Erim bilan samimiy bo‘lish uchun hamma narsani aytishim kerak,”
deya, o‘tgan xatolarini ochib qo‘yadi.

Bu noto‘g‘ri. Chunki o‘tgan gunohni aytish sodiqlik emas, balki oilani xavfga qo‘yishdir.
Siz endi turmushga chiqqansiz, yangi sahifa ochilgan. Oldingi hayotingiz o‘tgan — endi er-xotinlik burchini ado etish, taqvoda yashash kerak.


Eslatma erkaklarga ham:

Ba’zi erkaklar ayolning o‘tmishini surishtirib, “kim bilan gaplashgansan?”, “xat yozganmi senga?”, “uchrashganmisan?” deb so‘rashadi.
Keyin ayol rostini aytsa, o‘sha so‘zlar sabab keyinchalik o‘zi ayolni kamsitadi, unga ishonmay qo‘yadi.
Shu yo‘l bilan ko‘p oilalar buzilgan.


Xulosa:

  • Agar o‘tmishda, bilmaslik yoki yoshlik sabab xato bo‘lgan bo‘lsa, Allohdan istig‘for so‘rash kifoya.

  • O‘sha ishni eslatish, erga aytish joiz emas va hikmatsizlik sanaladi.

  • Yangi hayotda taqvoda yashash, oila tinchini asrash lozim.

Alloh taolo avvalgi xatolarni kechirsin va yangi hayotingizni barakali qilsin.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

2

  • Homilador holimda erim Rossiyaga olib ketmoqchi, itoat qilmasam bo‘ladimi?

    February 17, 2026
  • Erining so‘kishi va sansirashi yoqmaydigan ayolning savoli.

    February 17, 2026
  • Yoshi katta nomahram qarindosh ayollar bilan qanday ko‘rishish kerak?

    February 13, 2026
  • Muammolardan qutulish uchun Baqara surasini o‘qishning dalili bormi?

    February 13, 2026
  • “Vallohi” deb yolg‘on qasam ichish hukmi.

    February 13, 2026
  • Kundur hidiga jinlar kelmaydimi?

    February 13, 2026