Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Yashashni xohlamay qolib, o’ziga o’lim tilasa bo’ladimi?

Yashashni xohlamay qolib, o’ziga o’lim tilasa bo’ladimi?

Nashr sanasi: May 1, 2025

Savol :

Ustoz, men oʻzimga oʻlim tilab, Allohga duo qilay desam, 2 yarim yoshli oʻgʻlim bor — uni hech kimga ishonmayman. Shu farzandim meni bunday duo qilishdan toʻxtatib turadi. Doim uni oʻylab qaygʻuraman. Allohdan: “Mening ham, farzandimning ham jonini birdaniga ol, bizni huzuringga chaqir,” deb duo qilsam boʻladimi?

Bunday duo qilishimning yetarli sabablari bor. Lekin bilaman, nima boʻlganda ham sabr qilishim kerak. Qoʻlimdan kelganicha Allohdan taqvo qilaman, doim Allohdan yordam soʻrayman, faqat Unga suyanaman. Lekin yashashni umuman xohlamay qolganman, hozirda holatim yaxshi emas. Nazarimda, baribir shu duoni qiladigandekman. Maslahat bersangiz.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

O‘ziga o‘lim tilash — bu og‘ir gunohdir. Bu Allohning imtihonidan qochish, Uning taqdiriga norozilik bildirishdir. Bunday fikrni yuragingizdan haydang. Allohdan sabr va kuch so‘rang. U siz bilan birga. Alloh rahmli va qudratli zotdir. Sizni bu holatdan ham chiqarishga qodirdir. Vallohu a’lam.

Bu fikrlaringiz — barchasi shaytonning vasvasasidir. Alloh taoloni tanib olgan, Unga iymon keltirgan inson “hayotdan toʻydim, jonimni olsin” deb duo qilmaydi. Chunki Alloh taolo bizni bu dunyoga behuda yubormagan, biz hammamiz tugʻilish va oʻlim orasida sinovdamiz.

Imtihon bor ekan, sabr qilish shart. Alloh bizni oʻzi xohlagan vaqtida oladi. U zot Qur’onda aytgan: “Senga o‘lim kelguncha ibodat qil.” Bu faqat namozni emas, balki sabrni, Allohga bo‘lgan to‘liq bo‘ysunishni bildiradi. Har qanday holatda ham Uning amriga itoat etish ibodatdir.

Siz: “Bunday duo qilishimga yetarlicha sabablarim bor,” deyapsiz. Lekin bilingki, dunyoda muammosiz inson yo‘q. Har kimning sinovi har xil, kimdadir og‘irroq, kimdadir yengilroq ko‘rinadi. Biroq har bir sinovning ortida Allohning hikmati bor.

Masalan, qamoqxonadagi ayollar haqida eshitamiz — ularga hayvonday munosabatda bo‘lishgan, qiynalishgan, ba’zilari o‘lib ketgan. Lekin sabr qilganlar bor, bu sabr esa ularga Alloh oldida katta daraja olib keladi.

Har tunning bir tongi bo‘ladi. Sizning farzandingiz ham Alloh xohlasa, kelajakda sizga baxt keltiradigan, qiyomatda shafoatchi bo‘ladigan farzandga aylanishi mumkin. Undan voz kechmang. Aksincha, Allohdan uning baxtini, sog‘ligini, imonini so‘rang.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: “Ista’in billahi wa la ta’jiz” – ya’ni: “Allohdan yordam so‘ra va ojiz bo‘lib qolma.” Shuning uchun harakat qiling, sabablarni ushlang, iymonni mahkam tuting.

O‘ziga o‘lim tilash — bu og‘ir gunohdir. Bu Allohning imtihonidan qochish, Uning taqdiriga norozilik bildirishdir. Bunday fikrni yuragingizdan haydang. Allohdan sabr va kuch so‘rang. U siz bilan birga. Alloh rahmli va qudratli zotdir. Sizni bu holatdan ham chiqarishga qodirdir.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ustoz, turk ustozimdan eshitdim: og‘ir kasalga jamoaviy Yosin o‘qish — islomiy jihatdan to‘g‘rimi? Bu bid’atga kirmaydimi?

    June 4, 2025
  • Mahramsiz safarga chiqish shar’an joizmi?

    June 4, 2025
  • Namoz o‘qimaydigan odamga salom bermasa bo‘ladimi?

    June 4, 2025
  • Ovqatdan soch tolasi chiqishi va ovqat pishirgan kishini malomat qilishish haqida.

    June 4, 2025
  • Qaynota kelinga mahrammi? Uning oldida ro‘molsiz yurish va yolg‘iz qolish mumkinmi?

    June 3, 2025
  • Erkak kishi ayolining soliha dugonalaridan ajratishi joizmi?

    June 3, 2025