Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Yahudiy va nasroniylar so‘ygan go‘sht bizga halolmi?

Yahudiy va nasroniylar so‘ygan go‘sht bizga halolmi?

Nashr sanasi: June 27, 2025

Savol :

Ustoz, “Ig‘osatul Lahfān” sharhining 54-darsida “yahudiy va nasroniylar taomi bizga haloldir”, degansiz. Iltimos, shuni ochiqroq tushuntirib bering. Chunki biz ularning so‘ygan go‘shtlarini harom deb bilganmiz.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ha, agar ular ahli kitob bo‘lib, go‘shtni shar’iy usulda – bo‘g‘izlab va Allohdan boshqaning nomini tilga olmasdan so‘ygan bo‘lsalar, yeyish halol. Aks holda – harom.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu masalaga o‘sha darsda tafsilotli tarzda to‘xtalganmiz — xohlasangiz, darsni yana bir bor eshitib chiqing. Biroq qisqacha tushuntiradigan bo‘lsak,

Qur’onda “ahlul kitob” (yahudiy va nasroniylar)ning “taomi sizlarga halol qilindi” (Moida surasi, 5-oyat) deb aytiladi.

Tafsir ulamolari bu yerda “taom”dan maqsad ular so‘ygan hayvon go‘shti ekanini bayon qilganlar.

Lekin bu halollik ba’zi shartlar bilan bog‘langan:

  1. So‘yuvchi – musulmon yoki haqiqiy ahli kitob bo‘lishi kerak.

  2. So‘yish usuli – shar’iy bo‘lishi shart, ya’ni hayvon tomirlaridan qon chiqarib, bo‘g‘izlab so‘yilishi kerak.

    • Boshiga bolta urib o‘ldirish, elektr toki bilan urib nobud qilish yoki bo‘g‘ib o‘ldirish — halol emas. Bu usulni musulmon qilsa ham, harom bo‘ladi.

Agar yahudiy yoki nasroniy kishi Allohdan boshqasining nomi bilan so‘ysa, yoki so‘yish shar’iy bo‘lmasa — bunday go‘sht halol emas.
Ammo ular to‘g‘ri usulda, ya’ni bo‘g‘izlab, Alloh nomi bilan so‘ysa, Qur’on oyatiga binoan bu go‘sht biz uchun haloldir.

Xuddi shu kabi, ahli kitob ayollariga uylanishga ham izn berilgan. Lekin bu ham shartlar bilan: ayol ahlul kitob bo‘lishi, fohisha bo‘lmasligi, pokiza va iffatli bo‘lishi kerak. Aks holda, uylanish joiz bo‘lmaydi.

Shuning uchun, ahli kitob go‘shtini yeyish yoki ularning ayoliga uylanishda faqatgina “kitobiy” deb nom bilan emas, shar’iy shartlar bajarilganmi-yo‘qmi, shuni tekshirish zarur.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Homilador holimda erim Rossiyaga olib ketmoqchi, itoat qilmasam bo‘ladimi?

    February 17, 2026
  • Erining so‘kishi va sansirashi yoqmaydigan ayolning savoli.

    February 17, 2026
  • Yoshi katta nomahram qarindosh ayollar bilan qanday ko‘rishish kerak?

    February 13, 2026
  • Muammolardan qutulish uchun Baqara surasini o‘qishning dalili bormi?

    February 13, 2026
  • “Vallohi” deb yolg‘on qasam ichish hukmi.

    February 13, 2026
  • Kundur hidiga jinlar kelmaydimi?

    February 13, 2026